4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet168/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Dars metodlari: suhbat, “Mosini top”, “Raqamlar so‘zlaganda” mashqlari.
Dars jihozi: yovvoyi hayvonlar rasmlari, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar “Mo‘jiza” hikoyasini “O‘zaro tekshiruv” usulida o‘qiydilar. Bunda o‘quvchilar juftliklarda bir-birlariga navbat bilan hikoyaning o‘zlari xohlagan bir qismini o‘qib beradilar. Shundan so‘ng o‘qituvchi ulardan juftiga qo‘ygan bahoni so‘raydi. Ular qo‘ygan baho- larini qisqacha izohi bilan aytadilar.
O‘quvchilar hikoya mazmunini shaxsini o‘zgartirgan holda muallif nomidan so‘zlab beradilar.
  1. Yangi mavzu bayoni.

“Rebus” o‘yini.


– Aziz o‘quvchilar, hozir biz siz bilan “Rebus” o‘yinini o‘ynaymiz. Agar siz bu rebusni to‘g‘ri yechsangiz, bugungi darsi- miz mavzusini bilib olasiz.
Bugun biz “Xatarli uchrashuv”. mav- zusi bilan tanishamiz.
O‘qituvchi hikoya muallifi Pirimqul Qodirov haqida qisqacha
ma’lumot beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadi:

  • Qanday yovvoyi hayvonlarni bilasiz?

Turli yovvoyi hayvonlarning suratlari ko‘rsatiladi.

  • Bo‘rilar haqida nimalarni bilasiz?

Hikoya mazmuniga mos lavha namoyish qilinadi va kadr orti- dan matn o‘qiladi.
Hikoyada uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tka-

ziladi.



Lug‘at ishi:


chordevor – hamma tomoni devor bilan o‘rab olingan, to‘rt devor
biyday – ochiq, yalang; keng
sharpa – kimsa yoki narsaning g‘ira-shira, bilinar-bilinmas qorasi

Hikoya mazmuni tahlil qilinadi.

  • Bu hikoya nima haqida ekan?

  • Bola bo‘ridan nima uchun qochmadi?

  • Hikoyadagi bola ijobiy qahramonmi yoki salbiy?

  • Hikoyada sizni nima hayajonga soldi?

  • Siz ham xatarli vaziyatlarga duch kelganmisiz?

  • Akasining: “Hamma gap aql bilan irodada” degan gapini siz qan- day tushunasiz?


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling