Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Hikoyada nima sizni ko‘proq hayajonga soldi?
Nima deb o‘ylaysiz, hikoyaning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?
Darsda olgan qaysi bilimlaringizni hayotingizda qo‘llaysiz? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Xatarli uchrashuv” hikoyasini o‘qish.
Mavzu: “Ola buzoq” (G‘afur G‘ulom).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni she’r mazmuni bilan tanishtirish, ifodali o‘qishga, o‘rgatish.
TK 3: she’r o‘qib-o‘rganib borish va bilimini oshirish.
FK 1: she’rni ongli, ifodali o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda tabiatga, hayvonlarga g‘amxo‘rlik tuy- g‘usini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning she’r yuzasidan o‘z fikr-mulo-
hazalarini og‘zaki tarzda izchil ifodalash qobiliyatini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish.
FK 2: she’r mazmunidan ta’sirlana olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tarmoqlash, “So‘z o‘yini”, “Kim chaq- qon?” o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Xatarli uchrashuv” hikoyasini o‘qiydilar. Mustahkam- lash maqsadida mazmunini so‘zlab beradilar.
Yangi mavzu bayoni.
– Bugun biz “Ola buzoq” she’ri bilan tanishamiz. G‘afur G‘ulom haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
She’r mazmuniga mos lavha namoyish etilib, kadr ortidan matn o‘qiladi. She’r mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma- ket she’rni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |