4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet171/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Lug‘at ishi:


ko‘zi yoridi – tug‘di
baqbaqa – g‘urra, qavariq
qamchindasta – qamchi dastasi
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. “Ola buzoq” she’ri o‘quvchilarga “Zanjir” usulida ifodali o‘qitiladi. She’r mazmuni tahlil qilinadi.

  • She’r kimning nomidan yozilgan?

  • Qo‘ng‘ir sigir nima qildi?

  • Shoir ola buzoqni qanday tasvirlagan?

Tarmoqlash” metodi. O‘quvchilar “Tarmoqlash” metodidan foydalanib, buzoqning xislatlari ochib beriladi.

“Kim chaqqon?” o‘yini.


– Aziz o‘quvchilar, buzoqning sifatlarini tasvirlash uchun foy-
dalanilgan so‘zlarni jadvaldagi harflardan foydalanib hosil
qiling.

Q

O

O

S

S

A

R

G

A

R

P

A

F

O

J

U

S

I

P

O

Q

N

M

L

A

D

CH

Q

O

Q

O

N

R

A

O‘

Z

CH

M

J

U

A

F

I

I

N

A

R

SH

Javob: qora, oppoq, sadaf, cho‘zinchoq, marjon, safsargul

“So‘z o‘yini”.


O‘quvchilar doirachalar ichida yashiringan hayvonlar nomini topadilar.
  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

    1. Bu she’rga yana qanday sarlavha qo‘yish mumkin?

    2. Siz yana buzoqni qanday tasvirlashingiz mumkin?

    3. Bu darsda olgan bilimlaringiz kelgusi hayotingizda kerak bo‘la- dimi?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Ola buzoq” she’rini yod olish.






Mavzu: “Tushovli toy” (Nosir Fozilov).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga “Tushovli toy” hikoyasi mazmunini tushun- tirish, ifodali o‘qishga o‘rgatish.
FK 1: hikoya mazmunini og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mas’uliyatlilik, mehribonlik, mehnatse- varlik, irodalilik fazilatlarini tarbiyalash, odob-axloqqa qaratilgan sifat- larini ongli, ixtiyoriy bajarishga odatlantirish.
TK 3: hikoya kitoblarni muntazam o‘qib, o‘rganib borish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni og‘zaki hikoya qilish, mustaqil
fikrlash, ongli va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: suhbat, savol-javob, “Begona so‘z” mashqi.
Dars jihozlari: ko‘rgazmali va tarqatma material, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.

  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa: “Ola buzoq” sherini yoddan so‘rash. O‘tilgan mavzu savol va topshiriqlar orqali mustahkamlanadi.

    1. Ola buzoqning ko‘rinishi nimalarga o‘xshatilgan.

    2. She’r asosida ola buzoqni tasvirlab bering.
  3. Yangi mavzu bayoni.


  • Bugun sizlar bilan Nosir Fozilovning: “Tushovli toy” hikoyasi bilan tanishamiz.

Nosir Fozilov haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Hikoya mazmuniga mos animatsiya namoyish qilinadi va kadr
ortidan matn o‘qiladi. Matn mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ket- ma-ket matnni o‘qiydilar. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.

  1. Saman toy tunda nima uchun kishnadi?

  2. Ko‘kqashqa unga qanday yordam berdi?

  • Bolajonlar, qanday notanish so‘zlarga duch keldingiz?

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling