Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning o‘qigan asarlari yuzasidan savol- lar tuzish, asar mazmunini shaxsini o‘zgartirib qayta hikoyalash va so‘zlardan gaplar tuzish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan hikoyaning mazmunini tushuna olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Insert” texnologiyasi, “Kim zukko?”, “Raqamli joylashuv” mashqlari.
Dars jihozlari: yovvoyi hayvonlar suratlari, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O ‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining II qismi mazmunini navbat bilan shaxsini o‘zgartirib, muallif nomidan so‘z- laydilar.
“Kim zukko?” mashqi. Bu mashqda o‘quvchilar berilgan so‘zlarga hikoya matnidan so‘z birikmalarini topadilar va ular- ning qaysi so‘z turkumiga oid ekanligini aytadilar.
So‘zlar: ayiqning, bitta, nayzalarni, baquvvat, besh-o‘n, kovagiga. O‘quvchilar javobi:
Ayiqning ayiqning tirnog‘i ot + ot
Bitta bitta miltiq son + ot Nayzalarni nayzalarni bog‘ladim ot + fe’l Baquvvat baquvvat tayoqlarning sifat + ot
Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Ko‘kyol” hikoyasining 1-qismi bilan tanishamiz. O‘qituvchi “Ko‘kyol” hikoyasining I qismini ifodali o‘qib beradi. Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
qatqaloq – qorning muzlab, qotib qolgan ustki qatlami
o‘tov – yengil material, kigiz kabilardan yasalgan ko‘chma uy, turar- joy
dog‘da qolmoq – biror maqsadi amalga oshmaganidan armonda qolmoq
quloqchin – tushirib qo‘yiladigan quloqlari bor issiq telpak
Do'stlaringiz bilan baham: |