4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet177/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining 1-qismi o‘qitiladi, mazmu- ni o‘quvchilarga qayta hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.

  • Bobo nevarasiga nimani so‘zlab berdi?

  • Dovyurak insonlar yana qanday ishga qo‘l ura oladi? O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bolajonlar, siz botirlik, uning biz uchun qanchalik kerakligi haqi- da nimalar bilasiz?

O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.

  • Bugun biz sizlar bilan “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining 2-qismi bilan tanishamiz.

O‘quvchilar bilan dovyuraklik, uning hayotimizda qanchalik o‘rin tutishi, qo‘rqoqlikning oqibatlari haqida suhbatlashiladi, ularning fikr- lari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining II qismini ifo- dali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beri- ladi.

Lug‘at ishi:


Chaqmoqodam ismi
qiyqiribqichqirib, baqirib
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining II qismi o‘quvchilarga navbati bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savol va topshiriqni o‘qib, ularga javob berishadi:

  • Cho‘ponlar nima uchun ayiqni yo‘qotish payiga tushdi?

  • Yovvoyi hayvonlar hayoti haqida o‘zingiz bilganlaringizni so‘zlab bering.

O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
Bilag‘on”o‘yini. O‘quvchilar har bir hikoya qahramoniga alohida ta’rif beradilar. Eng yaxshi va mazmunli ta’rif bergan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling