Lug‘at ishi:
nasim – shabada, shamol Firdavs – bog‘, jannat bog‘i musaffo – toza, pokiza
sabo yeli – shamol nafasi mushk-anbar – xushbo‘y hid navo – kuy
ifor – yoqimli hid
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Bahor ta’rifida” rivoyatini o‘quvchilar “Zanjir” usulida o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar. Darslikdagi savol- lar ustida ishlanadi.
O‘lkamizga bahor kelganini qayerdan bilamiz?
Alloma qushlar hayotini qanday tasvirlagan?
Bahorda janubdan qanday qushlar uchib keladi?
Test topshiriqlari:
Yusuf Xos Hojib kim?
A) alloma B ) yozuvchi va shoir D) bog‘bon E) shox
“Bahor ta’rifida” matnida qaysi qushlar qatnashgan?
A) oqqush, qarg‘a, musicha B) oqqush, qora qarg‘a, kaklik, tur- nalar
D) qora qarg‘a, musicha, oqqush E) qaklik,turnalar, musicha
Nasim so‘zining ma’nodoshini toping.
A) Bahor, ko‘klam B) kuy,navo D) shabada, shamol E) toza, pokiza
Nimaning ovozi tantiq qizning ovozi kabi yoqimsiz?
A ) turnaning B) musichaning D) qarg‘aning E) bulbulning
Gulzorda nima tun-kun tinmasdan yoqimli sayramoqda?
A) qora qarg‘a B) bulbul D) turna E) kaklik
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Rivoyat nima haqida ekan?
O‘lkamizga bahor fasli qachon kirib kelar ekan?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |