Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Bahor” she’ri o‘quvchilarga navbati bi- lan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob beri-
shadi.
She’rda bahor faslida tabiat uyg‘onishi qanday tasvirlangan?
Bahor tabiatini “mayin shamollar”, “soyabon tollar”, “tong yel-
lari”, “ko‘kni quchgan teraklar” iboralaridan foydalanib, qayta hikoya qiling.
O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbiyaviy xulosa chiqariladi.
“Kamalakdagi jumboq” o‘yini. kamalakdagi belgilardan foy- dalanib so‘zlar tuzadilar.
“Qofiyadoshini top” o‘yini. O‘quvchilar “Bahor” she’ridagi qofiyadosh so‘zlarni topib, aytadilar. Eng ko‘p qofiyadosh so‘z topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
“Zanjir” o‘yini. O‘quvchilar bahor faslida bo‘ladigan tabiat hodisa- larini ketma-ket aytishadi. Shu tarzda o‘yin davom etadi.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Darsda nimalarni bilib oldingiz?
She’rda bahor tabiati qanday tasvirlangan?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Bahor” she’rini ifodali o‘qish.
Mavzu: “Bahor ta’rifida” (Yusuf Xos Hojib).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Bahor ta’rifida” rivoyati bilan tanishti- rish. O‘quvchilarga Yusuf Xos Hojib hayoti va ijodi haqidagi ma’lumot berish. Iboralarning ma’nosini izohlash, savol-topshiriqlar ustida ish- lashga o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |