FK 1: hikoya mazmunini qayta so‘zlab bera olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda bahor faslini qadrlash va tabiatni sevish hissini tarbiyalash.
TK 3: rivoyatda tasvirlangan go‘zallikdan ta’sirlanish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning lug‘atni nasim, turdosh, chin, sabo, havo so‘zlari bilan boyitish, iboralarning ma’nosini izohlash, o‘qish malakalarini yanada rivojlantirish.
FK 2: bahor tabiatiga kichik ijodiy matn yozish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Zanjir” usuli, “Matndan top” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Bahor” she’rini yoddan aytib beradi. Savol-topshiriqlar:
Men topishmoq aytaman. Siz uning nima haqida ekanini aytasiz, javobini topasiz. Ilon izli yorug‘ nur bulutlarni quchadi.
Jarangdor ovozida yer-u osmon ko‘chadi. (Chaqmoq)
Topishmoqni topishda sizga qaysi so‘zlar yordam berdi?
Bu so‘zlar qaysi fasl ta’rifida aytiladi?
Bahor faslini qanday so‘zlar bilan ta’riflash mumkin?
Demak, biz bahor faslini ta’riflashda qaysi usuldan foydalandik?
Bahor fasli haqida kim kichik matn tuzib, gapirib beradi?
Bahor fasli haqida, she’r yod olganmisiz?
Gullar haqida-chi?
Maqollar-chi?
Shuning uchun qadimdan shoir-yozuvchilarimiz bahorni madh etib she’rlar bitgan, hikoyalar yozishgan.
Shunday yozuvchilardan biri Yusuf Xos Hojibdir.
Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Bahor ta’rifida” rivoyati bilan tanishamiz.
O‘qituvchi “Bahor ta’rifida” rivoyatini o‘qib beradi. Rivoyat
mazmuni tushuntiriladi.
“Matndan top” o‘yini. O‘qituvchi bergan savollarga o‘quvchilar ri- voyat matnidan javob topadilar.
– Yozuvchi bahorni ta’riflashda qaysi so‘zlardan foydalangan? (Nasim, firdavs, oq rang, bo‘z yer, alvon rang, musaffo, yashil
to‘n, yashil parda)
Yozuvchi qaysi qushlarni nomini tilga olgan? (G‘oz, o‘rdak, oq qush…)
O‘quvchilardan biri hikoyani ifodali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |