Lug‘at ishi:
tushovlangan – oyoqlari bog‘lagan, erkin harakatlana olmaydigan
zimiston – qorong‘ulik
chilvir – ingichka pishiq arqon
o‘mrovi – ko‘krak qismi
esxonasi chiqib ketgan – shoshib qolib, o‘zini yo‘qotib qo‘ygan
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Tushovli toy” hikoyasini o‘quvchilar qism- larga bo‘lib o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
Matn asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi. Suhbat uchun savollar:
Saman toy qanday vaziyatga tushib qoldi?
Ko‘kqashqa haqida gapirib bering?
Qo‘chqorni ahvolini izohlab bering.
Siz Qo‘chqorni o‘rnida bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lardingiz? “Begona so‘z” mashqi. Bu mashqda matn asos qilib olinadi. O‘quv- chilardan berilgan vaqt ichida jadvalda berilgan 4 ta so‘zdan matnda uchramaydigan so‘z yoki so‘zlarni topish talab qilinadi.
1
|
Qashqir
|
Ko‘kqashqa
|
Bo‘ri
|
Saman
|
Qo‘chqor
|
2
|
Saman
|
Qudrat aka
|
Ayg‘ir
|
Qahramon
|
Qo‘y
|
3
|
Sigir-poda
|
Vahshiy
|
Tushov
|
Chilvir
|
Ipak
|
4
|
Zimiston
|
Beh, beh, beh
|
Ertalab
|
Bug‘doy
|
Saroy
| Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Nima uchun hikoya “Tushovli toy” deb nomlangan?
Otlarga yana qanday nom qo‘yish mumkin?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Tushovli toy” hikoyasini o‘qish.
Mavzu: “Jo‘ja” (Anvar Obidjon).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Jo‘ja” she’ri bilan tanishtirish. O‘quvchilar ravon o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
FK 1: she’riy kitoblarni muntazam o‘qib, o‘rganib borish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehribonlik, kamtarlik, rahmdillik kabi xislatlarni, qushlarga nisbatan g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini tarbiyalash.
TK 3: yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, lug‘at
ustida ishlash, erkin va mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan she’rning nomi, mazmunini ajrata olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |