O‘quvchilarga savollar beriladi:
Bir kishi kimning oldiga kelib arz qilibdi?
Da’vogar Mirzo Ulug‘bekdan nimani iltimos qildi?
Mirzo Ulug‘bek haqiqatni qanday aniqladi?
Mirzo Ulug‘bekning qaysi fazilati haqiqatni anglashga yordam berdi?
O‘quvchilarning javoblari tinglanadi, xulosa qilinadi.
“ Ketma-ketlikni top” mashqi. O‘quvchilar tartibsiz beril- gan gaplarni da’vogarning hikoyasi asosida ketma-ket joylashti- rishlari lozim bo‘ladi.
Javoblar:
Samarqanddan Buxoroga safarga chiqdim.
Daraxt soyasiga dam olgani o‘tirdim.
Ovqatlanayotgan edim, bir do‘stim paydo bo‘lib qoldi.
Uni dasturxonga taklif etdim.
Hamyonni haligi do‘stimga berdim.
Uyga eltib berishni iltimos qildim.
Safardan qaytib keldim.
Do‘stim hamyonni uyimga olib bormabdi.
Uning oldiga borib, hamyonimni so‘radim.
U, seni ham, daraxtni ham ko‘rgan emasman, dedi.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Topshiriqli o‘qish” mashqi. O‘qituvchi turli topshiriqlarni aytadi, o‘quvchilar darslikdan topib o‘qiydilar.
Rivoyatning asosiy mazmunini yorituvchi gapni topib o‘qing.
Maqol yoki hikmatli so‘z qo‘llash mumkin bo‘lgan qismni topib o‘qing.
Darslikda berilgan suratga mos qismni topib o‘qing.
Yangi mavzuni mustahkamlash va o‘quvchilarning shu mavzu yu- zasidan olgan bilimini tekshirish maqsadida “Charxpalak” texnologiya- sidan foydalaniladi.
“Charxpalak” texnologiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |