FK 2: o‘rganilgan rivoyatning qahramonlariga baho bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Charxpalak” texnologiyasi, “Asar janri va muallifini aniqla”, “Ketma-ketlikni top”, “Topshiriqli o‘qish” mashqlari.
Dars jihozlari: rivoyat mazmuniga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Chumchuq bilan chumoli” ertagini ifodali o‘qib bera- dilar.
“Asar janri va muallifini aniqla” mashqi. O‘quvchilar tartib- siz berilgan turli asar nomlari, janrlari va mualliflari yozilgan kartochkalarni to‘g‘ri joylashtirishlari lozim bo‘ladi.
Javob:
“Chumchuq bilan chumoli”. Ertak. Aziz Abdurazzoq.
“Sharq hikoyasi”. Ertak. Abdulla Oripov.
“Yaxshi bo‘ldi”. Hikoya. Nosir Fozilov.
“Qo‘rqoq”. Hikoya. Sunnatulla Anorboyev.
“Saxiy”. Rivoyat. Muhammad Avfiy.
“Nurxon bilan Burxon”. She’r. Miraziz A’zam.
Mashq natijalari tekshiriladi, xulosa qilinadi.
Yangi mavzu bayoni.
Bugun biz “Yolg‘onchining izza bo‘lishi” rivoyati bilan tanishamiz. “Yolg‘onchining izza bo‘lishi” rivoyati lavhasi ko‘rsatiladi, matni kadr ortidan o‘qib beriladi.
Ertakda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tka-
Do'stlaringiz bilan baham: |