4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
Download 0.84 Mb.
|
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
- Darsning maqsadi
- Darsning borishi
- Yangi mavzu bayoni.
- Lug‘at ishi
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. Hotamtoy mo‘ysafid bilan nima haqida suhbatlashdi? Hotamtoyni mehmon qilgan mo‘ysafidni nima uchun saxiy deb atash mumkin. Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. Uyga vazifa berish. “Saxiy” rivoyatini o‘qish. Mavzu: “Chumchuq bilan chumoli”. (Aziz Abdurazzoq). Darsning maqsadi:Ta’limiy: o‘quvchilarga ertakni mazmunini tushuntirish, ertakni rollarga bo‘lib o‘qitishga o‘rgatish. TK 5: ertakda bo‘layotgan voqea jarayonlariga munosabat bildira olish FK 1: ertakdagi videotasvirlarni ko‘rib tushuna olish Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehnatsevarlik, tirishqoqlik, kamtarin- lik, irodalilik, fazilatlarini tarbiyalash. TK 4: ertakda aks etgan umuminsoniy xususiyatlarni anglay olish. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda og‘zaki hikoya qila olish, ongli va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish. FK 2: o‘rganilgan mavzular doirasida bayon yozish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: savol-javob, “Asar janri va muallifini aniqla” mashqi, “Maqollar chashmasi” ta’limiy o‘yini. Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari. Darsning borishi:Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorlash. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.Uyga berilgan vazifa “Saxiy” ertagini so‘rab baholash. O‘tgan mavzu, savol-javob, maqollar orqali mustahkamlash. Hotamtoy mo‘ysafid bilan nima haqida suhbatlashdi? Hotamtoyni mehmon qilgan mo‘ysafidni nima uchun saxiy deb atash mumkin? Siz do‘stlaringizga saxiylik qila olasizmi? “Saxiy topsa bo‘lib yer, baxil topsa bosib yer” maqolining ma’nosi nima? Yangi mavzu bayoni.– Bugun sizlar bilan “Chumchuq bilan chumoli” ertagi bilan tani- shamiz. Aziz Abdurazzoq haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Ertak mazmuniga mos animatsiya namoyish qilinadi va kadr or- tidan matn o‘qiladi. Matni mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradi- lar. Lug‘at ishi:chayir – baquvvat olg‘ir – chaqqon, epchil quyuq – ko‘p, sershox chaqirim – uzoqlik Matn asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi. Suhbat uchun savollar: Chumchuq qanday qush? Chumchuq nimalarga zarar yetkazadi? Chumoli hasharotmi yoki jonivormi? Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling