4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet165/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Tashkiliy qism.

Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  1. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


“Nima yaxsh-yu, nima yomon” bo‘limi yuzasidan savol-javob o‘t- kaziladi.

  • Bo‘limdagi qaysi hikoyada mehnatsevarlik, topqirlik, tadbirkorlik xususiyatlari yuqori baholangan?

  • Yalqovlik, dangasalik, aldamchilik yomon odat ekanligi qaysi she’r va hikoyada ifodalangan?

  • Saxiy va xasis kishilarga xos xislatlarni qiyoslab gapiring.

  • Bo‘limdagi qaysi hikoyada jonivorlarga mehr bilan qarash haqida so‘z yuritilgan? Uning mazmunini qisqacha so‘zlab bering. “O‘ylab top” o‘yini.

    1. Dunyoda bir narsa borki, u bo‘lmasa hech kim bir-birini tani- maydi, u nima? (ism)

    2. Qaysi joyda daryolar suvsiz, shaharlar uysiz bo‘ladi? (xaritada)

    3. Qaysi hayvon qish bo‘yi boshini pastga qilib uxlaydi? (ko‘rsha- palak)

    4. Hayvonlardan birining nomini ikki tomondan o‘qilsa ham o‘zgar- maydi. Bu qaysi hayvon? (kiyik)

    5. Yumuq ko‘z bilan nimani ko‘rish mumkin? (tush)

    6. Qaysi joyda osmon pastda bo‘ladi? (quduqda)

    7. Suvga tushsa mingta, Suvdan chiqsa bitta. (otning dumi)
  1. Yangi mavzu bayoni.


  • Bugun biz sizlar bilan “Mo‘jiza” hikoyasi bilan tanishamiz.

O‘qituvchi “Mo‘jiza” hikoyasini ifodali o‘qib beradi. Hikoya mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar hikoyani “Davom ettir” usulida o‘qiydilar. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.

Lug‘at ishi:


dog‘da qoldirib – armonda qoldirib jir boylagan – semirgan ro‘parada to‘g‘risida alomat – darak beruvchi belgi tang qoldirdi – g‘oyat og‘ir, mushkul
ahvolda qoldirdi
serrayib bir joyda angrayib turmoq

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling