qirarman – ko‘plab yoki yoppasiga o‘ldirmoq
asil – a’lo sifatli, eng yaxshi
Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash. “Ifodali o‘qish” musobaqasi.
Musobaqa qatorlararo o‘tkaziladi. O‘quvchilarning hammasi she’rni o‘qiydi. Musobaqa so‘ngida har bir qatorda nechta o‘quvchi ifodali o‘qigani e’lon qilinadi va ko‘p ifodali o‘qigan qator g‘olib sanaladi. Qofi- yadosh so‘zlar ustida ishlanadi: qiraman–uraman, dumbuldan–bulbuldan. “Dam olish daqiqasi” o‘tkaziladi. “Jo‘ja” qo‘shig‘i eshittiri-
ladi.
“Kim topag‘on” o‘yini. Guruhlar o‘rtasida qush va parrandalar haqida topishmoqlar aytish musobaqasi o‘tkaziladi.
Bir qo‘shnim bor avval boshdan, Soqoli uning qizil go‘shtdan.
Sahar turib shovqin solar, Xabari yo‘q hech bir ishdan.
(Xo‘roz)
Oq sandiq,
Og‘zi yo‘q sandiq. (Tuxum)
Chiy tagida chinni kosa.
(Qush uyasi)
Boyning o‘g‘li ko‘kka qarab yig‘laydi.
(Boyo‘g‘li) Yuqoridan keladi zebogina tovushi bor, Oyog‘ida paxmoqqina kovushi bor.
(Kaklik)
Kasbi doim taqir-tuqur, Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir.
(Laylak)
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasida savol-javob o‘tkaziladi.
She’rdan qanday xulosa chiqardingiz?
Jo‘ja haqida she‘r bilasizmi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Jo‘ja” she’rini yod olish.
Mavzu: “Ayiqni yenggan cho‘pon”. (Pirimqul Qodirov). I qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga dovyuraklik haqida ma’lumot berish, “Ayiqni yenggan cho‘pon” hikoyasining 1-qismi bilan tanishtirish.
O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish. FK 1: hikoyaning mazmunini qisqartirib, qayta aytib bera olish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarda axloqiy sifatlarni, tabiatga muhabbat,
jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish hislarini tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |