Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar yozgan sevimli hayvonlari haqidagi hikoyalari o‘qit- tiriladi. “Hayvonot olamida” bo‘limi yuzasidan savol-javob o‘t- kaziladi.
Chaqmoq ismli cho‘pon qaysi hikoya qahramoni edi?
“Ola buzoq” she’rining muallifi kim?
Bo‘limda berilgan hikoyalar orqali qanday hayvonlarni bilib oldingiz?
Irodali insonlar haqida qanday hikoyalar bilan tanishdingiz? O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
“Mozaika” mashqi. O‘quvchilar 4 kishilik kichik guruhlarga bo‘linadilar. Har bir kichik guruhlarga bahor fasli tasvirlangan rasmli konvertlar tarqatiladi. O‘quvchilar rasmni “Mozaika” usuli yordamida yig‘adilar.
Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, yig‘gan rasmingizda nima tasvirlangan ekan? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
Bugun biz sizlar bilan Qudrat Hikmatning “Bahor” she’ri bilan tanishamiz.
O‘quvchilar bilan bahor fasli, unda bo‘ladigan tabiat hodisalari
haqida suhbatlashib, fikrlari tinglanadi.
Bahor faslida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
Bahorda yurtimizga qaysi qushlar uchib keladi?
O‘quvchilar javoblari to‘ldirilib, mavzu tushuntiriladi. She’r mualli-
fi haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
“Bahor” haqidagi videolavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Bahor” she’ri o‘qiladi.
O‘qituvchi “Bahor” she’rini ifodali o‘qib beradi. She’r mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
oro berar – o‘ziga qarar
tong yellari – tonggi shaboda
Do'stlaringiz bilan baham: |