4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet172/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Lug‘at ishi:


tushovlangan – oyoqlari bog‘lagan, erkin harakatlana olmaydigan
zimiston – qorong‘ulik
chilviringichka pishiq arqon
o‘mrovi – ko‘krak qismi
esxonasi chiqib ketgan – shoshib qolib, o‘zini yo‘qotib qo‘ygan
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. “Tushovli toy” hikoyasini o‘quvchilar qism- larga bo‘lib o‘qiydilar va hikoya qilib beradilar.
Matn asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi. Suhbat uchun savollar:

  • Saman toy qanday vaziyatga tushib qoldi?

  • Ko‘kqashqa haqida gapirib bering?

  • Qo‘chqorni ahvolini izohlab bering.

  • Siz Qo‘chqorni o‘rnida bo‘lganingizda nima qilgan bo‘lardingiz? “Begona so‘z” mashqi. Bu mashqda matn asos qilib olinadi. O‘quv- chilardan berilgan vaqt ichida jadvalda berilgan 4 ta so‘zdan matnda uchramaydigan so‘z yoki so‘zlarni topish talab qilinadi.




1

Qashqir

Ko‘kqashqa

Bo‘ri

Saman

Qo‘chqor

2

Saman

Qudrat aka

Ayg‘ir

Qahramon

Qo‘y

3

Sigir-poda

Vahshiy

Tushov

Chilvir

Ipak

4

Zimiston

Beh, beh, beh

Ertalab

Bug‘doy

Saroy
  1. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.

    1. Nima uchun hikoya “Tushovli toy” deb nomlangan?

    2. Otlarga yana qanday nom qo‘yish mumkin?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Tushovli toy” hikoyasini o‘qish.




Mavzu: “Jo‘ja” (Anvar Obidjon).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni “Jo‘ja” she’ri bilan tanishtirish. O‘quvchilar ravon o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
FK 1: she’riy kitoblarni muntazam o‘qib, o‘rganib borish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehribonlik, kamtarlik, rahmdillik kabi xislatlarni, qushlarga nisbatan g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini tarbiyalash.
TK 3: yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, lug‘at
ustida ishlash, erkin va mustaqil fikrlash malakalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan she’rning nomi, mazmunini ajrata olish.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling