4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
Download 0.84 Mb.
|
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Kim chaqqon” o‘yini.
- “So‘z o‘yini”.
- Darsning maqsadi
- Darsning borishi
- Yangi mavzu bayoni.
Lug‘at ishi:ko‘zi yoridi – tug‘di baqbaqa – g‘urra, qavariq qamchindasta – qamchi dastasi Yangi mavzuni mustahkamlash.Darslik bilan ishlash. “Ola buzoq” she’ri o‘quvchilarga “Zanjir” usulida ifodali o‘qitiladi. She’r mazmuni tahlil qilinadi. She’r kimning nomidan yozilgan? Qo‘ng‘ir sigir nima qildi? Shoir ola buzoqni qanday tasvirlagan? “Tarmoqlash” metodi. O‘quvchilar “Tarmoqlash” metodidan foydalanib, buzoqning xislatlari ochib beriladi. “Kim chaqqon?” o‘yini.– Aziz o‘quvchilar, buzoqning sifatlarini tasvirlash uchun foy- dalanilgan so‘zlarni jadvaldagi harflardan foydalanib hosil qiling.
Javob: qora, oppoq, sadaf, cho‘zinchoq, marjon, safsargul “So‘z o‘yini”.O‘quvchilar doirachalar ichida yashiringan hayvonlar nomini topadilar. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi: Bu she’rga yana qanday sarlavha qo‘yish mumkin? Siz yana buzoqni qanday tasvirlashingiz mumkin? Bu darsda olgan bilimlaringiz kelgusi hayotingizda kerak bo‘la- dimi? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi. Uyga vazifa berish. “Ola buzoq” she’rini yod olish. Mavzu: “Tushovli toy” (Nosir Fozilov). Darsning maqsadi:Ta’limiy: o‘quvchilarga “Tushovli toy” hikoyasi mazmunini tushun- tirish, ifodali o‘qishga o‘rgatish. FK 1: hikoya mazmunini og‘zaki bayon qila olish. Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mas’uliyatlilik, mehribonlik, mehnatse- varlik, irodalilik fazilatlarini tarbiyalash, odob-axloqqa qaratilgan sifat- larini ongli, ixtiyoriy bajarishga odatlantirish. TK 3: hikoya kitoblarni muntazam o‘qib, o‘rganib borish. Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni og‘zaki hikoya qilish, mustaqil fikrlash, ongli va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish. Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: suhbat, savol-javob, “Begona so‘z” mashqi. Dars jihozlari: ko‘rgazmali va tarqatma material, multimedia ilovalari. Darsning borishi:Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorlash. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa: “Ola buzoq” sherini yoddan so‘rash. O‘tilgan mavzu savol va topshiriqlar orqali mustahkamlanadi. Ola buzoqning ko‘rinishi nimalarga o‘xshatilgan. She’r asosida ola buzoqni tasvirlab bering. Yangi mavzu bayoni.Bugun sizlar bilan Nosir Fozilovning: “Tushovli toy” hikoyasi bilan tanishamiz. Nosir Fozilov haqida qisqacha ma’lumot beriladi. Hikoya mazmuniga mos animatsiya namoyish qilinadi va kadr ortidan matn o‘qiladi. Matn mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ket- ma-ket matnni o‘qiydilar. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar. Saman toy tunda nima uchun kishnadi? Ko‘kqashqa unga qanday yordam berdi? Bolajonlar, qanday notanish so‘zlarga duch keldingiz? Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling