4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet218/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Yangi mavzu bayoni.


Yangi mavzu e’lon qilinadi. “Tanbeh” (Xondamir). O‘qituvchi ri- voyat muallifi haqida ma’lumot beradi. Yangi mavzuni tushuntirishda “Arra” metodidan foydalaniladi.
Arra” metodi. Mazkur mеtodga ko‘ra kichik guruh 4-5 o‘quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari yangi mavzu yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq, ya’ni “Tanbeh” rivoyati matni ustida ishlaydilar.
O‘quvchilar bilimi tеst savollari yordamida individual tarzda o‘tqazilib, nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to‘plagan guruh g‘olib sanaladi.
Matnda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:


munshiy saroyda yozuv ishlarini olib boradigan kotib
devoni oliy o‘tmishda amal qilgan oliy davlat amaldorlarining majlisi
dinor – qadimda musulmon davlatlarning oltin tangasi
abadulabad – butun hayot davomida
giribon – yoqa; bo‘g‘iz
Rivoyat mazmuni tahlil qilinadi.

    • Alisher Navoiy Mirak Naqqoshning yalqov va beparvoligiga qarshi qanday chora qo‘lladi?

    • Rivoyatdan Alisher Navoiyning qanday fazilatlarini bilib oldin- giz?

Yosh muharrirlar” mashqi. O‘quvchilar hikoyadan olingan par- chada tartibsiz berilgan so‘zlardan gaplar tuzishlari lozim bo‘ladi.
Quyidagi gaplar hosil bo‘ladi.
(23 ta xato)


  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar matnni bitta gapdan navbat bilan “Zanjir” usulida o‘qiydilar.

    • Yurtimizdagi qaysi tarixiy obidalarni bilasiz?

    • Ular qaysi shaharlarda joylashgan?

    • Tarixiy obidalarni asrab qolish uchun nimalar qilishimiz kerak? O‘quvchilar javoblari tinglanadi va to‘ldiriladi.

Ta’rifi bo‘yicha top” mashqi. Guruhlarga navbat bilan buyuk allomalar haqida ta’rif beriladi. O‘quvchilar gap kim haqida borayotganini topishlari kerak. Agar birinchi ta’rifda topa ol- masalar, ikkinchi ta’rif, shunda ham topishga qiynalsalar, uchinchi ta’rif
o‘qib beriladi.

  1. guruh uchun ta’riflar:

  1. Hamadоn shahrining Afshоna qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasining

ismi Abdulloh, onasining ismi Sitora.)

  1. Jahоn fani taraqqiyotiga ulkan xissa qo‘shgan o‘rta osiyolik bu- yuk qоmusiy оlim. O‘rta asrning buyuk allomasi. (Abu Ali ibn Sino)

  1. guruh uchun ta’riflar:

  1. Andijon shahrida tug‘ilgan. Otasi – Umarshayx mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi – Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.

  2. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda. (Zahiriddin Muhammad Bobur)

  1. guruh uchun ta’riflar:

  1. Hirot shahrida tug‘ilgan. 4 yoshida maktabga borgan, 10–12 yoshlaridan she’r yoza boshlagan.

  2. Yosh shoirning iste’dodidan mamnun bo‘lgan mavlono Lutfiy uning mashhur g‘azaliga o‘zining 10-12 ming forsiy va turkiy baytini alishtirmoqchi bo‘lgan. (Alisher Navoiy)

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling