4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash


Download 0.84 Mb.
bet226/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. “Ajdodlarimiz bilan faxrlanaman” matnini so‘rab, baholash. “Sehrgar bo‘lib qolsam” mashqi. O‘quvchilar vaqtni orqaga qay-

tarib, qaysi voqea qaytadan sodir bo‘lishi yoki boshqacha tus olishini istashlari haqida fikrlarini aytadilar. (bir necha so‘z yozib yoki rasmini chizib ifoda qilsa bo‘ladi.)
  1. Yangi mavzu bayoni.


    • Bugun sizlar bilan Hans Kristian Andersenning “Bolalar gurun- gi” ertagi bilan tanishamiz. Hans Kristian Andersen haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

O‘qituvchi ertakni ifodali o‘qib beradi, matn mazmuni tushuntiriladi.
O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.

Lug‘at ishi:


gurung – suhbat, bahsli muloqot dongdor – mashhur, taniqli ulug‘vor-boyonlar – nasl-nasabi ulug‘, hurmatli toifa kishilari kameryunker-unvon
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Bolalar gurungi” ertagini bir marotaba ichda o‘qib chiqishlari uchun vaqt beriladi. So‘ng o‘quvchilar o‘rtasida “Ifodali o‘qish” musobaqasi o‘tkaziladi.

Test topshiriqlari:


  1. Kim ziyofat berdi?

A) o‘qituvchi B) hokim
D) badavlat savdogar E) bolalarning otalari

  1. Ziyofatda kimlar ishtirok etdilar?

A) bolalar B) bolalarning otalari
D) bolalarning onalari E) ota-onalar

  1. Qizchaning dimog‘dor bo‘lishiga kimlar sababchi bo‘lgan?

A) onasi B) xizmatkorlari D) do‘stlari E) opa-singillari

  1. Maqolni davom ettiring: Kamtarga kamol, Manmanga ….

A) savol B) malol D) zavol E) iqbol

  1. Qizcha qanday kishilardan odam chiqmaydi deb hisoblayverdi?

A) o‘qimagan odamlardan B) tartibsiz kishilardan
D) tarbiyasiz kishilardan E) familiyasi “sen” bilan tamomlangan kishilardan
Nima to‘g‘ri-yu nima noto‘g‘ri” mashqi. To‘g‘ri deb hisob- lagan vaziyatlariga o‘quvchilar + (qo‘shish) ishorasini, aksin- cha noto‘g‘ri deb hisoblagan vaziyatlariga – (ayirish) ishorasini
ko‘rsatadilar.

    • Og‘ir yuk ko‘targan ayolga yordam berish kerak.

    • Tug‘ilgan kunda berilgan sovg‘aning yoqmaganligini aytish shart.

    • Bemor kishining holidan xabar olish uchun borganda baqirib ga- pirish kerak.

    • Kattalarga salom berish shart.

    • Ertalab maktabga yuz-qo‘llarni yuvmay kelsa ham bo‘ladi.

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling