Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi savol-javob o‘tkazilib, dars yakunlanadi. O‘quvchilar darsdagi ishtiroki va faolli- giga ko‘ra baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Hidi, tilimi va mazasidan” rivoyatini qay- ta hikoya qilish.
Mavzu: “Rivoyat”
(Naim Karimov).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga ajdodlarimiz haqida ma’lumot berish, “Ri- voyat” matni bilan tanishtirish. O‘quvchilarda to‘g‘ri va ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: rivoyatni o‘qib tushunish va mazmunini qayta so‘zlab bera olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda
ajdodlarimizdan faxrlanish, ularga muno- sib avlod bo‘lishga intilish tuyg‘ularini tarbiyalash.
TK 4: rivoyatda go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy
ishlash qobili- yatlarini, matn ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: rivoyatning mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qila olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.