4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash


Download 0.84 Mb.
bet219/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:

    1. Rivoyatda sizni ko‘proq nima hayajonga soldi?

    2. Nima deb o‘ylaysiz, rivoyatning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?

    3. Siz ham buyuk bobolarimizga o‘xshashni xohlarmidingiz? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Tanbeh” rivoyatini qayta hikoya qilish.






Mavzu: “Navoiy bobomlar” (Tursunboy Adashboyev).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni she’rning mazmuni bilan tanishtirish, to‘g‘- ri, ongli o‘qish, o‘qiganini so‘zlab berish, she’rning asosiy g‘oyasini aniqlashni o‘rgatish.
TK 3: she’riy kitoblarni o‘qib, o‘rganib borish.
FK 1: she’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda Alisher Navoiyning topqirligi va bilimdon- ligi, do‘stlik, ilm o‘rganish va donishmandlik kabi tuyg‘ularni tarbiyalash.
TK 4: rivoyatda aks etgan vatanparvarlik va milliy qadriyatlarni anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ifodali o‘qish, mavzu yuzasidan savollarga og‘zaki javob berish, og‘zaki nutqini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Tanlab so‘zla”,“Kim tez topadi?” o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.

  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. “Tanlab so‘zla” mashqi. O‘quvchilar “Tanbeh” hikoyasini “Tanlab so‘zla” mashqi yordamida so‘zlaydilar. Bunda o‘quv- chilar juftliklarda bir-birlariga navbat bilan hikoyaning o‘zlari

xohlagan qismini so‘zlab beradilar. Shundan so‘ng o‘qituvchi ulardan juftiga qo‘ygan bahoni so‘raydi. Ular qo‘ygan baholarini qisqacha izohi bilan aytadilar.
O‘qituvchi o‘quvchilarga savollar bilan murojaat etadi:

    • Alisher Navoiy Mirak naqqoshga qanday topshiriq bergan edi?

    • Ishboshilar naqqoshga qanday choralar ko‘rdilar?

    • Alisher Navoiy Mirak naqqoshning yalqov va beparvoligiga qarshi qanday chora qo‘lladi?

    • Alisher Navoiyning qanday fazilatlarini bilib oldingiz?

Javoblar umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling