4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash


Download 0.84 Mb.
bet227/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


Darsga yakun yasash maqsadida o‘quvchilarga savollar bilan muro- jaat etiladi.

    1. Bolalar nima haqida bahslashdilar?

    2. Qaysi bolaning javobi sizga yoqmadi? Nima uchun? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Bolalar gurungi” ertagining I qismini ifo- dali o‘qish.




Mavzu: “Bolalar gurungi”. (Hans Kristian Andersen). 2-qism.

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga to‘g‘ri, ravon o‘qish, ertak mazmuni yu- zasidan fikrini bildirish, nutqlarida maqol va hikmatli so‘zlardan o‘rinli foydalanish, asar qahramonlarini qiyosiy tavsiflashni o‘rgatish.
FK 1: ertak mazmunidan ta’sirlana olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga insondagi axloqiy fazilatlarni, maqtan- choqlik, manmanlik, birovlarni kamsitish yomon odat ekanligini tushuntirish, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rgatish.
TK 5: sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, rollarga bo‘linib o‘qish, asar tahlilida matndan misollar tanlay olish malakalarini rivojlantirish.
FK 2: ertakning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, “Topshiriqli o‘qish” “O‘z o‘rningni top”, “Domino” o‘yinlari.
Dars jihozlari: turli kasb egalarining suratlari, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash. O‘quvchilar- ning darsga hozirligini tekshirish. Fasl haqida suhbat o‘tkazish.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


Bir necha o‘quvchi “Bolalar gurungi” ertagining 1-qismini so‘zlab beradi.
O‘tilgan mavzu “Domino” o‘yini orqali mustahkamlanadi.
Domino” o‘yini. O‘qituvchi ertakdan biron so‘z aytadi, o‘quvchilar davom ettiradilar. O‘qituvchi boshlagan so‘z qaysi harfda tugasa, o‘quvchi shu harfdan boshlangan so‘zni aytishi
kerak. Masalan: badavlat – tinimsiz – ziyofat – takabburona – ataylab – boy – yig‘in – novvot….
O‘quvchilar shu so‘zlar ishtirok etgan gaplarni matndan topib o‘qishadi yoki ularning qaysi so‘z turkumiga oid ekanligini aytishadi.

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling