Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, bugun biz “Bolalar gurungi” ertagining 2-qismi bilan tanishamiz.
Ertakni o‘qituvchi o‘qib beradi. O‘quvchilar diqqat bilan eshiti- shadi. So‘ng notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.
Lug‘at ishi:
o‘sal – qattiq hijolat bo‘lmoq, noqulay holatda qolmoq
loaqal – hech bo‘lmaganda, eng kamida
falonchi – kimsani aniq atamasdan, uning ismi o‘rnida ishlatiladi- gan so‘z
aslzoda – yuqori tabaqali zotlarga mansub shaxs
Ertak mazmuni yuzasidan suhbat o‘tkaziladi.
Kambag‘al bola kimlarga havasi keldi?
Bolaga qizchalarning gapi qanday ta’sir qildi?
Ko‘p yillar o‘tib o‘sha shaharda qanday uy paydo bo‘ldi? Bu uy kimniki edi?
O‘quvchilarning javoblari tinglanadi va to‘ldiriladi.
“O‘z o‘rningni top” mеtodi. 1. Sinfning qarama-qarshi bur- chaklariga ikkita rasm osiladi. Ularning biriga “Roziman”, boshqasiga “Rozi emasman” dеgan so‘zlar yozilishi kеrak. Rasmlarda ba’zi bir mavzuga oid savollar bo‘yicha bildirilgan qarama- qarshi fikrlar ham yozilishi mumkin. Masalan: “Inson orzu-umidlariga ota-onasining boyligi yordamida ham erishsa bo‘ladi”, yoki “Inson or-
zu-umidlariga faqat bilimi va intilishi yordamida erishadi”.
Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi.
Qaralayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrlariga mos kеladigan
rasmlar yoniga borish zarurligi o‘qituvchilarga taklif etiladi.
Bo‘lingan o‘quvchilardan o‘z qarashlarini asoslash so‘raladi. Bu paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tish ruxsat etiladi va shu tariqa sinfdagi o‘quvchilarning hammasi jalb etiladi.
O‘quvchilar ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytga- nini aniqlash so‘raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |