Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. “Ajdodlarimiz bilan faxrlanaman” matnini so‘rab, baholash. “Sehrgar bo‘lib qolsam” mashqi. O‘quvchilar vaqtni orqaga qay-
tarib, qaysi voqea qaytadan sodir bo‘lishi yoki boshqacha tus olishini istashlari haqida fikrlarini aytadilar. (bir necha so‘z yozib yoki rasmini chizib ifoda qilsa bo‘ladi.)
Yangi mavzu bayoni.
Bugun sizlar bilan Hans Kristian Andersenning “Bolalar gurun- gi” ertagi bilan tanishamiz. Hans Kristian Andersen haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
O‘qituvchi ertakni ifodali o‘qib beradi, matn mazmuni tushuntiriladi.
O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
Lug‘at ishi:
gurung – suhbat, bahsli muloqot dongdor – mashhur, taniqli ulug‘vor-boyonlar – nasl-nasabi ulug‘, hurmatli toifa kishilari kamer – yunker-unvon
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar “Bolalar gurungi” ertagini bir marotaba ichda o‘qib chiqishlari uchun vaqt beriladi. So‘ng o‘quvchilar o‘rtasida “Ifodali o‘qish” musobaqasi o‘tkaziladi.
Test topshiriqlari:
Kim ziyofat berdi?
A) o‘qituvchi B) hokim
D) badavlat savdogar E) bolalarning otalari
Ziyofatda kimlar ishtirok etdilar?
A) bolalar B) bolalarning otalari
D) bolalarning onalari E) ota-onalar
Qizchaning dimog‘dor bo‘lishiga kimlar sababchi bo‘lgan?
A) onasi B) xizmatkorlari D) do‘stlari E) opa-singillari
Maqolni davom ettiring: Kamtarga kamol, Manmanga ….
A) savol B) malol D) zavol E) iqbol
Qizcha qanday kishilardan odam chiqmaydi deb hisoblayverdi?
A) o‘qimagan odamlardan B) tartibsiz kishilardan
D) tarbiyasiz kishilardan E) familiyasi “sen” bilan tamomlangan kishilardan
“Nima to‘g‘ri-yu nima noto‘g‘ri” mashqi. To‘g‘ri deb hisob- lagan vaziyatlariga o‘quvchilar + (qo‘shish) ishorasini, aksin- cha noto‘g‘ri deb hisoblagan vaziyatlariga – (ayirish) ishorasini
ko‘rsatadilar.
Og‘ir yuk ko‘targan ayolga yordam berish kerak.
Tug‘ilgan kunda berilgan sovg‘aning yoqmaganligini aytish shart.
Bemor kishining holidan xabar olish uchun borganda baqirib ga- pirish kerak.
Kattalarga salom berish shart.
Ertalab maktabga yuz-qo‘llarni yuvmay kelsa ham bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |