Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi savol-javob o‘tkazilib, dars yakunlanadi. O‘quvchilar darsdagi ishtiroki va faolli- giga ko‘ra baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Rivoyat” matnini o‘qish.
Mavzu: “Bolalar gurungi” (Hans Kristian Andersen) 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Bolalar gurungi” ertagi bilan tanishti- rish, jahon bolalar adabiyoti haqida ma’lumot berish, ifodali o‘qishga o‘rgatish.
FK 1: o‘qilgan ertakning mazmunini tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash, o‘z-o‘zini baholashni o‘rgatish.
TK 4: do‘stlariga, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘la olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, hozir- javoblik ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi, tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: “Diqqat” mashqi, kichik guruhlarda ishlash, “Nima to‘g‘ri-yu nima noto‘g‘ri” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash. “Diqqat” mashqi. Mashq shartiga ko‘ra o‘qituvchi xonadagi mavjud jihozlar nomini ingliz tilida aytadi. O‘quvchilar shu jihozlarga qarashlari yoki qo‘llari bilan ko‘rsatishlari lozim.
Masalan, shelf (shkaf), window (oyna), flowerpot (gul tuvagi), desk (parta), blackboard (doska). Mashqdan maqsad o‘quvchilarning diqqa- tini bir joyga jamlash hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |