4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet224/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Yangi mavzu bayoni.


Sehrli daraxt” o‘yini. Ekranda daraxt ko‘rsatiladi. Uning har bir shoxida turli xil gullar bo‘ladi. Gullarga “Rivoyat” so‘zining harflari o‘rni almashgan holda yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar
harfli gullarni ketma-ket bosib, so‘z hosil qiladilar.

    • Bugun biz sizlar bilan Naim Karimovning “Rivoyat” matni bilan tanishamiz.

O‘quvchilar bilan rivoyatlar, ajdodlarimiz haqida suhbatlashib, fikr- lari tinglanadi.

    • Siz qanday rivoyatlarni bilasiz?

    • Rivoyatlarda nima ifoda etiladi?

Mavzu tushuntiriladi, matn muallifi haqida qisqacha ma’lumot be- riladi.
“Rivoyat” asosida lavha namoyish etiladi. Kadr ortidan “Ri- voyat” matni o‘qiladi.
O‘qituvchi “Rivoyat” matnini ifodali o‘qib beradi. Rivo- yat mazmuni tushuntiriladi. Notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

Lug‘at ishi:


etagidan ushlasam – tanlasam
ochig‘ini to‘g‘risini
chakki emas – yomon emas
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida “Rivoyat” o‘quvchilarga navbat bilan o‘qitiladi.
O‘quvchilar darslikdagi savollarni o‘qib, ularga javob berishadi:

    • Usmon Nosir otasining ruhi bilan nima haqda suhbatlashadi?

    • Ota ruhi bo‘lajak shoirga qanday maslahat berdi?

O‘quvchilarning javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi, tarbiyaviy xulosa chiqariladi. Rivoyat mazmuni qayta hikoya qildiriladi.
Kimning gapi?” o‘yini. O‘qituvchi rivoyatdagi Usmon Nosir yoki otasining ruhi aytgan gaplarni ketma-ket o‘qiydi. O‘quvchilar u kimning gapi ekanligini topadilar.

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling