Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
She’rning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?
Darsda olgan qaysi bilimlaringizni hayotingizda qo‘llaysiz? O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Navoiy bobomlar” she’rini yodlash.
Mavzu: “Hidi, tilimi va mazasidan” (Hikoyat)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Hidi, tilimi va mazasidan” rivoyati bilan ta- nishtirish, ajdodlarimiz, rivoyatlar haqida ma’lumot berish, ifodali o‘qish.
FK 1: rivoyatni tinglab, tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni ajdodlarimizdan o‘rnak olish, tabiatni as- rab-avaylashga o‘rgatish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
TK 3: yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlash qobili- yatlarini, lug‘at ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: matndagi so‘z ma’nolarini izohlay olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari: tushuntirish, savol-javob, “Mosini top” o‘yini. Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Navoiy bobomlar” she’ri yoddan so‘raladi. Avvalgi mavzu yu- zasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Navoiy bobomiz haqida nimalar bilasiz?
She’r mazmuni nimadan iborat?
O‘quvchilarning bergan javoblari to‘ldirilib, umumlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |