4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet217/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Uyga vazifa berish. “Sulton Maxmud va Beruniy” hikoyasini o‘qish.






Mavzu: “Tanbeh” (Xondamir).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarga adabiy til talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ongli, to‘g‘ri o‘qish, rivoyatdagi voqea-hodisalarning izchilli- gini belgilash, qahramonlarning xatti-harakatini baholash hamda ular- ga shaxsiy munosabat bildirishni o‘rgatish, buyuk allomalar haqida ma’lumotlar berish.
FK 1: rivoyatdagi qahramonlarga munosabat bildira olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga yuksak insoniy fazilatlarni, mehnatsevar- lik, fidoyilik tuyg‘ularini, topqirlik, sezgirlik, hozirjavoblik kabi xislat- larni singdirish, ulug‘ ajdodlarimiz hamda madaniy merosimizga nisba- tan hurmat hissini tarbiyalash.
TK 4: odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning asar mazmuni yuzasidan savol- larga javob topish, matndan imlo xatolarni topish, so‘z boyligini oshi- ra borish va nutqida qo‘llash malakalarini hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
FK 2: rivoyatning mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qila oladi.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, “Bilimlar daraxti”, “Arra”
metodlari, “Yosh muharrirlar”, “Ta’rifi bo‘yicha top” mashqlari.
Dars jihozlari: turli xil masjid va tarixiy obidalar surati, daraxtning rasmi, olma shaklidagi rangli, yopishadigan (stikerlar) qog‘ozlar, multi- media ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.


O‘quvchilar “Sulton Mahmud va Beruniy” rivoyatini navbat bilan o‘qiydilar.
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida “Bilimlar daraxti” me- todidan foydalaniladi.
Bilimlar daraxti” metodi. Daraxt rasmi doskaga yopishtiri- ladi va olma shaklidagi rangli qog‘ozlarga o‘tilgan mavzu yu- zasidan savollar yozib qo‘yiladi va daraxtga yopishtiriladi.
o Abu Rayhon Beruniyni kim imtihon qilmoqchi bo‘ldi?

  1. Sulton Mahmud Beruniyga qanday topshiriq berdi?

  2. Abu Rayhon javob topish uchun nima qildi?

  3. Sulton qaysi eshikdan tashqariga chiqdi?

  4. Ko‘rpacha qatidagi qog‘ozga nima yozilgan edi?

Guruh a’zolari tartib asosida bittadan taklif etiladi va daraxtdagi bir savolni tanlab olib, unga javob berishlari so‘raladi. Agar o‘quvchi savolga javob bera olmasa, bu o‘rinda quyidagi ikkita imkoniyatdan bittasini tanlashni taklif etish mumkin. 1. Guruh yordami. 2. Kitob yordami.
Barcha savollarga javob olingach, olib borilgan jarayon bo‘yicha yakun yasaladi.

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling