Lug‘at ishi:
boloxona – imoratning ikkinchi qavati va shu ikkinchi qavatdagi xona
xunibiyron – jaxli chiqdi
o‘qday tikildi – to‘g‘ri, tik, tikildi
nazari tushibdi – ko‘zi, nigohi tushibdi
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. “Sulton Maxmud va Beruniy” rivoyatini o‘quvchilar “Ichida o‘qish” usulida o‘qib, reja asosida matn mazmuni- ni qayta hikoya qiladi.
Test topshiriqlari:
Sulton Mahmud G‘aznada Ming chinor bog‘idagi qasrining boloxonasida vazirlar, olimlar, shoirlar bilan o‘tirib, birdan kimga nazari tushibdi?
A) Abu Rayhon Beruniyga B) Al – Xorazmiyga
D) Abu Ali ibn Sinoga E) Sohibqiron Amir Temurga
Abu Rayhon usturlobni qo‘liga oldi, nimani keltirishlarini buyurdi?
A) kitob va qalamni B) qog‘oz va ruchkani
D) bo‘r va qalamni E) bo‘r va taxtachani
Abu Rayhon Beruniy nimaning balandligini o‘lchadi?
A) boloxonaning B) oftobning D) devorning E) daraxtning
Sulton xunibiyron bo‘lib, Abu Rayhonni nima qilishni buyuribdi?
A) to‘n kiydirishni B) she’r o‘qishini
D) yerga uloqtirishni E) kitob yozishini
Abu Rayhon Beruniy nimaning ustiga tushdi?
A) soyabonning B) yerning D) tomning E) xashakning “FSMU” metodi. Vazifa: “Sulton Maxmud va Beruniy” mavzusi yuzasidan fikrlaringizni FSMU metodi bo‘yicha bayon eting.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Hikoya sizga yoqdimi?
Abu Rayhon Beruniyning qaysi xislatlari sizga yoqdi? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |