Massaget – qabila nomi
muddao – maqsad
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilarga rivoyatni topshiriqlar asosida o‘qitiladi.
1-qismni o‘qing va unga sarlavha toping. “Oltin – ro‘zg‘or buyumi” yoki “Massagetlar g‘alati xalq”. Qolgan qismlar ham shu tarzda top-
shiriqlar asosida o‘qitiladi. Ohirida bu sarlavhalar reja tarzida doskaga yozib qo‘yiladi.
Reja:
Oltin – ro‘zg‘or buyumi
Sharob nimaligini bilmaydigan xalq
Massagetlar to‘yi
Taklif rad etildi.
Ana shu rejalar asosida o‘quvchilar tanlab o‘qitiladi va qayta hikoya qiladi.
Test topshiriqlari:
Kurush qaysi halq hukumdori edi?
A) massagetlar B) qarluqlar D) forslar E) qipchoqlar
Elchi massagetlar haqida qanday xabar aytdi? A)…ularning qo‘y-qo‘zilari ko‘p ekan B)...ularda yegulik mo‘l ekan
….ularda yilqilari ko‘p ekan
…ularda oltin-kumush serob ekan
Massagetlar oltin kumushdan qanday foydalanishgan?
oddiy bezak, ro‘zg‘or buyumi qurolida oltin bor
tuprog‘i va toshlarda oltin bor
D) xumlarda, yerto‘lalarda oltin bor E) qop-qop oltin-kumush bor
Nima uchun To‘maris Kurush taklifini rad etdi?
A) boyligim kerak deb B) lashkarlarim kerak deb
D) yurtim kerak deb E) yilqilarim kerak deb
To‘maris ikkinchi bor elchining taklifiga qanday javob berdi?
…o‘z ona yerimizni himoya qilamiz
…qo‘shinlarimizni birlashtiramiz
…boyliklarimizni tortiq qilamiz
…bitta davlat quramiz
“T-chizma” metodi. Qahramonlarga tavsif beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |