Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
“To‘maris” asarini o‘qish orqali sizda qanday tuyg‘u paydo bo‘ldi?
Siz kimning o‘rnida bo‘lishni istar edingiz?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “To‘maris” rivoyatini o‘qish.
Mavzu: “Najmiddin Kubro” (Rivoyat).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Najmiddin Kubro” rivoyati bilan tanishti- rish, ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish.
FK 1: rivoyatning mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda Vatan, xalq, millat taraqqiyoti va gul- lab yashnashiga hayotini bag‘ishlagan vatandoshlarimizning jasoratidan o‘rnak olish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
TK 4: rivoyatda aks etgan vatanparvarlik g‘oyalarini anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda hozirjavoblik, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘z fikrini qisqa va dalillar asosida erkin bayon etishga o‘rgatish.
FK 2: rivoyat mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Ha-yo‘q”, “Teatr” rolli o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa – Hakim Nazirning “To‘mars” matnini so‘zlab berish.
“Rolli o‘yini”. Rivoyat sahna ko‘rinishida ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |