yaxshi matn yozgan guruh g‘olib bo‘ladi.
Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsda o‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
Vatan uchun jonini bergan fidoyilardan kimlarni bilasiz?
Xotirlash va qadrlash nima uchun kerak deb o‘ylaysiz? Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Mangu olov” she’rini yodlash.
Mavzu: “To‘maris” (
Hamdam Sodiqov).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘tmishda yashab o‘tgan vatanparvar ajdodlarimizdan To‘maris haqida ma’lumot berish, uning Vatan oldidagi burchini to‘g‘ri anglaganini o‘quvchilar ongiga yetkazish.
FK 1: o‘qilgan rivoyatning mazmunini tushuna olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda Vatan tuyg‘usini
kengaytirish, ularni va- tanga sadoqat ruhida tarbiyalash.