FK 1: o‘qilgan ertakning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni o‘zgalarga yaxshilik qilishga undash, ax- loqiy sifatlarni tarbiyalash.
TK 5 : yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy qobiliyatlarini, bog‘lanishli nutqlarini rivojlantirish.
TK 3: ertak kitoblarni o‘qib-o‘rganib borish.
FK 2: o‘rganilgan asarlarning nomi, qahramonlarining mazmunini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, savol-javob, tushuntirish, “O‘yla, izla, top” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: mavzuga oid resurslar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
“Odamdan nima qoladi?” matni o‘qitiladi, mazmuni o‘quvchilarga hikoya qildiriladi.
O‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi.
Odamdan nima qolar ekan?
Odam qachon obro‘ topadi?
O‘quvchilar berilgan savollarga javob berishadi.
Yangi mavzu bayoni.
Bolajonlar, siz yaxshilik haqida qanday ertaklar bilasiz? O‘quvchilarning javoblari tinglanib, yangi mavzu e’lon qilinadi.
Bugun biz sizlar bilan “Eng ulug‘ fazilat” ertagi bilan tanishamiz. O‘quvchilar bilan yaxshilik va yomonlik haqida suhbatlashiladi,
ularning fikrlari tinglanib, to‘ldiriladi.
O‘qituvchi “Eng ulug‘ fazilat” ertagini ifodali o‘qib beradi. Ertak mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Lug‘at ishi:
huzuriga – oldiga
Do'stlaringiz bilan baham: |