Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
“Zanjir”o‘yini. O‘quvchilar ertakdagi voqealar ketma-ketligini ki- chik hikoya tarzida aytadilar. Har bir o‘quvchi bittadan gap aytadi.
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. “Har kim ekkanin o‘rar” ertagini o‘qish.
Mavzu: “Chaqimchiga “mukofot” (Ertak).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Chaqimchiga “mukofot” ertagi bilan tanishtirish. Matn ustida ishlash, mustaqil fikrlash va ifodali o‘qishga o‘rgatish.
FK 1: o‘qilgan matnning mazmunini tushunib olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda va- tanparvarlik ruhida tarbiyalash.
TK 4: xunuk odatlardan nafratlanish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ifodali o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish, qayta hikoyalash asosida bog‘lanishli nutqni o‘stirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “T-chizma” metodi, “Mosini top” o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma material, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish. O‘quvchilarni darsga tayyorlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilar “Har kim ekkanin o‘rar” ertagini yoddan aytib beradi. Savol-javob o‘tkaziladi.
O‘g‘il bilan nevaraning ishini qanday baholaysiz?
“Har kim ekkanini o‘rar” hikmatini izohlab bering.
Biz qariyalarga qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |