4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet51/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Yangi mavzu bayoni.


  • Bugun biz “Omonatga xiyonat” ertagi bilan tanishamiz. Xalq og‘zaki ijodi, ertak haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

Matn mazmuniga mos animatsiya namoyish qilinadi va kadr ortidan matn o‘qiladi.
Matn mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilar ketma-ket matnni o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.

  • Bolajonlar, qanday notanish so‘zlarga duch keldingiz?

Lug‘at ishi:


qozi – kishilar orasidagi kelishmovchiliklarni hal qiluvchi adolatli kishi
omonat – o‘zga kishining narsasi
xiyonat – ishonib topshirilgan narsani o‘g‘irlash, yashirish, egasini aldash
muhrlangan – tamg‘alangan, og‘zi berkitilgan
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash.


Darslik bilan ishlash. “Chaqimchiga “mukofot” ertagini o‘quvchilar
Ichda o‘qish” usulida o‘qiydilar va qayta hikoya qilib beradilar.
Darslikdagi savollar ustida ishlanadi.

Test topshiriqlari:


    1. Omonat egasi xalta ichiga nima solgan edi?

A) tanga B) oltin D) bug‘doy E) kitob

    1. Omonat egasi va xiyonatchi kimning oldiga borishdi?

A) otasining B) do‘stining D) qozining E) bobosining

    1. Omonat egasi safardan necha yilda qaytib keldi?

A) 1 yilda B) 10 yilda D) 3 yilda E) 5 yilda

    1. Qozi qanday qilib omonatga xiyonat qilinganligini aniqladi?

A) xiyonatchining gapini tinglab B) muhrga qarab
D) tangani chiqarilgan yiliga qarab E) qozining gapini tinglab

    1. Xiyonatchiga qanday jazo berildi?

A) dorga osildi B) eshakka teskari mindirib shahar aylantirildi
D) shahardan chiqarib yuborildi E) yer haydatdi

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling