Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Ertak nima haqida ekan?
Ertakdan qanday xulosa chiqardingiz? O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadilar.
Uyga vazifa berish. “Omonatga xiyonat” ertagini qayta hikoya qilish.
Mavzu: “Ikki saxiy” (Murod Xidir). 1-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni “Ikki saxiy” ertagi bilan tanishtirish, yax- shilik qilishga o‘rgatish, matnni ifodali o‘qish ko‘nikmalarini takomil- lashtirish.
FK 1: o‘qilgan matnning mazmunini to‘liq og‘zaki bayon qila olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda saxiylik, insoniylik, bag‘rikenglik, ochiq- qo‘llik kabi fazilatlarni shakllantirish.
TK 5: yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish, yaxshi fazilatlarga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning erkin va mustaqil fikrlash,
o‘g‘zaki nutqini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, “Yashiringan so‘zni top” o‘yini, “Blis-o‘yin” texnologiyasi.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.
Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilar “Omonatga xiyonat” ertagini qayta hikoya qilib bera- dilar.
Ertak mazmuni asosida savol-javob o‘tkaziladi.
Omonat deganda nimani tushunasiz?
Safarga ketayotgan kishi o‘z do‘stiga nimani omonat topshirdi?
Qozi omonatga xiyonat qilganini qanday aniqladi?
Xiyonatkorlik qanday xislat?
Xiyonatkorni do‘st deb ayta olamizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |