4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya
Download 0.84 Mb.
|
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Bu meniki” o‘yini.
Yangi mavzu bayoni.Yangi bo‘lim va mavzu e’lon qilinadi. “Xalq og‘zaki ijodi”. “Qo‘- shiqlar qanotida”. “Boychechak”. O‘qituvchi o‘quvchilarga xalq og‘zaki ijodiga nimalar kirishi haqida ma’lumot beradi. Video namoyish etiladi. – Xalq og‘zaki ijodi xalqimizning ming yillar mobaynida yarat- gan sehrli-fantastik ertaklari, xalq dardi, istak-xohishi, orzu- umidlari ifodalangan qo‘shiqlar, bolalarning quvnoq o‘yin-qo‘shiqlari, hozirjavoblik, topqirlik taqozo etadigan topishmoqlar, xalqning hayo- tiy xulosasi tarzida yuzaga kelgan purhikmat maqollar, sehr-jozibaga yo‘g‘rilgan rivoyatlarni o‘z ichiga oladi. “Bu meniki” o‘yini.O‘quvchilarga “ertak”, “topishmoq”, “maqol”, “rivoyat”, “tez aytish”, “latifa”, “afsona”, “xalq qo‘shiqlari” kabi so‘zlar yozil- gan qog‘ozlar tarqatiladi. Aziz o‘quvchilar, hozir siz audio tasma orqali xalq og‘zaki ijodi janrlariga oid ta’riflarni eshitasiz. Qaysi o‘quvchi qo‘lidagi so‘zga oid ta’rifni eshitsa, darhol “bu meniki” deb javob berishi lozim bo‘ladi. Masalan: Avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan, voqea va hodisalarni, in- son faoliyatini ba’zan uydirmalar vositasida, ba’zan real tasvirlovchi og‘zaki hikoya. (Rivoyat) To‘qima va uydirmaga asoslangan, sehrli-sarguzasht va maishiy mazmundagi badiiy asar. (Ertak) Hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand- nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hik- matli ibora. (Maqol) Kulgili voqea-hodisa haqidagi kichik hikoya. (Latifa) Avloddan-avlodga, og‘izdan-og‘izga o‘tib kelgan uydirma, to‘- qimadan iborat, ba’zan diniy mazmundagi hikoya. (Afsona) Topilishi kerak bo‘lgan narsa, hodisa va shu kabilarning ramz va o‘xshatmalar orqali ifodalangan qisqa tavsifi. (Topishmoq) Yanglishib ketish mumkin bo‘lgan, qofiyadosh, o‘xshash so‘z- larning jumlalarini adashmay, tez talaffuz qilish. (Tez aytish) Barakalla bolajonlar, bugun biz sizlar bilan xalq og‘zaki ijodi na- munalaridan biri bo‘lgan “Boychechak” she’ri bilan tanishamiz. O‘qituvchi o‘quvchilarga she’rni ifodali o‘qib beradi. O‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi. Bu she’r nima haqida ekan? Uni eshitganingizda ko‘z oldingizga nimalar keldi? O‘quvchilar she’rni mustaqil o‘qiydilar. She’rda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling