4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Download 0.84 Mb.
bet61/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Lug‘at ishi:


ayron – qatiqning moyi ajratib olingandan keyin qolgan suyuq qismi, shuningdek, qatiq yoki suzmaga suv qo‘shib tayyorlangan ichimlik. qatalab chiqqan yorib chiqqan
baxmal – duxoba, tukli mato
Ma’nodosh so‘zni top” mashqi. O‘quvchilar she’rdagi ayrim so‘zlarga ma’nodosh so‘zlar topadilar va ular ishtirokida gaplar tuzadilar.
Masalan: Vayron – buzuq, xarob; yumalab – dumalab; chopdilar – kesdilar; qattiq – mustahkam; cho‘ntak – kissa; joylandi – solindi.

  • Bolajonlar, “Boychechak” qo‘shig‘ini eshitganmisiz?

  • Hozir hammamiz birgalikda eshitamiz.

Xalqimiz tarixida qo‘shiqlarning qadimiy turi mavjud bo‘lgan: ov qo‘shiqlari, mavsum qo‘shiqlari, to‘y qo‘shiqlari (“Yor-yor”), aza qo‘shiqlari (marsiya) kabi. Bundan tashqari bolalarga mo‘ljallangan alla, ovunchoq qo‘shiqlar, o‘yin qo‘shiqlari (“Boychechak”, “Oq terak- mi, ko‘k terak”) ham mavjud.

  • Boychechak haqida yana she’rlar bilasizmi? O‘zingiz bilgan she’rlardan birini aytib bering.

Boychechak haqida qo‘shiq eshittiriladi.
  1. Yangi mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash.


– Kim she’rni ifodali o‘qib bera oladi? She’rni o‘qiyotganda hissi- yotlaringizni namoyon qilishga harakat qiling.
O‘quvchilar xohishiga ko‘ra she’rni o‘qiydilar.
Sehrli sandiqcha” mashqi. O‘quvchilarga turli asarlardan olingan gaplar yozilgan qog‘oz tarqatiladi. Ular bu gaplarni o‘qib, asar nomini va muallifini aniqlaydilar. Faqat xalq og‘zaki ijodi janrlariga oidlarini “Sehrli sandiqcha”ga soladilar.

  • Bolajonlar, biz sizlar bilan xalq og‘zaki ijodiga oid ertak, maqol, topishmoq, qo‘shiqlarni aniqlab, “Sehrli sandiqcha”ga joyladik. Biz uchun ular dunyodagi barcha dur-u javohirlardan ham qimmatliroqdir. Siz bu durdonalarni mukammal o‘rganib, avaylab-asrab keyingi avlod- ga ham qoldirishingiz lozim.

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling