4-sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya


Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash


Download 0.84 Mb.
bet50/254
Sana04.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1162578
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   254
Bog'liq
O qish metodikasi 4 [uzsmart.uz]

Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


O‘rganilganlar yuzasidan savol-javoblar o‘tkaziladi.

  1. Salbiy odatlar aks etgan yana qanday ertaklarni bilasiz?

  2. Chaqimchilik haqida maqollar bilasizmi?

Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

  1. Uyga vazifa berish. “Chaqimchiga “mukofot” ertagini o‘qish.




Mavzu: “Omonatga xiyonat” (Ertak).

Darsning maqsadi:


Ta’limiy: o‘quvchilarni “Omonatga xiyonat” ertagi bilan tanishti- rish, ularga omonatga xiyonat qilmaslik haqida tushuncha berish.
FK 1: matnning mazmuniga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga yaxshi va yomon xislatlar haqida tushuncha berish, ularni mavzudan to‘g‘ri xulosa chiqarishga, o‘zlarida yaxshi xislat- larni tarkib toptiruvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni kengaytirish.
TK 4: ertakda xilma-xil shaklda namoyon bo‘lgan qahramonning halolligiga xolis mulohaza yurita olish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini, lug‘at ustida ishlash, qayta hikoya qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
FK 2: o‘rganilgan ertak qahramonini ajrata olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: savol-javob, tushuntirish, “Sirli raqamlar” ta’limiy o‘yini.
Dars jihozlari: tarqatma materiallar, multimedia ilovalari.

Darsning borishi:


  1. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarni darsga hozirlash.

  2. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilar “Chaqimchiga “mukofot” ertagini o‘qib, so‘zlab beradilar. “Sirli raqamlar” o‘yini. Bu o‘yinni o‘tkazish uchun darsda faol

ishtirok etgan o‘quvchilardan yetti nafari xattaxta yoniga chiqa-
dilar, o‘qituvchi stol ustiga teskari qilib qo‘yilgan harflardan
o‘quvchilarga bittadan olishini aytadi.
O‘quvchilar qarsak yordamida tovush chiqarib “XIYONAT” so‘zini hosil qiladilar.
O‘quvchilarga umumlashtiruvchi savollar beriladi:

  1. Xiyonat so‘zi nechta harf va nechta tovushdan iborat? (7 ta harf va 7 ta tovush)

  2. So‘z nechta bo‘g‘inli ekan? (3 ta bo‘g‘inli)

  3. Xiyonat so‘zining ma’nosi nima?

  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling