Mavzuning dolzarbligi. Mavjud ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, geometriya elementlarini o’qitishning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida o’quv – metodik kompleksi yaratilmagan.
Geometriya elementlarini to’g’ri tashkil etish uchun o’qitishning barcha usul va vositalaridan eng unumli va samaralilari maqsadga muvofiq holda tanlab olinishi kerak va mavjudlari zamon talablari, fan-texnika taraqqiyoti natijalarini hisobga olgan holda qayta ko’rilishi kerakligi ma'lum bo’ladi.
P.I.Sorokinning “4-sinfda geometriya materialini o’rgatish tajribasi” (Toshkent: 1953 yil) nomli kitobida biz 4-sinf geometrik materialni o’rgatishning metodlarini ko’rishimiz mumkin. Faqat bu ko’rsatmalar hozirgi kun standart va dasturidan bir qancha farq qiladi. M.E.Jumayev, Z.G’.Tadjiyeva “Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi” Kurs ishini ob'yekti: Umum ta'lim maktab boshlang’ich sinf matematika darslari jarayoni.
Kurs ishini predmeti: Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’qitish.
Kurs ishini maqsadi: Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’qitishning didaktik ta’minotini ishlab chiqish.
Kurs ishini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi:
- Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’qitishning maqsadi, vazifalari, o’rnini aniqlash, geometrik materiallarning mazmunini yoritish;
- Geometriya elementlariga oid standart va dastur talablarini o’rganish;
- Geometriya elementlariga oid didaktik materiallarning turi va mazmunini aniqlash;
- Tajriba -sinov ishlarini o’tkazish va natijalarini tahlil qilish.
Kurs ishini metodlari: Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik adabiyotlar hamda me’yoriy, o’quv-dasturiy hujjatlarni tahlil qilish, o’quv jarayonini kuzatish, so’rovnoma, testlar o’tkazish, eksperiment uslublari, pedagogik tajriba-sinov natijalariga matematik-statistik uslublaridan foydalanib ishlov berish va umumlashtirish.
Kurs ishini amaliy ahamiyati: Tadqiqotda ko’rsatilgan geometrik materialni o’rgatishda qo’llaniladigan metodik ko’rsatmalardan boshlang’ich sinf o’qituvchilari foydalansa bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |