4-sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishda interfaol metodlardan foydalanish Reja: Kirish


Download 169.77 Kb.
bet3/16
Sana20.06.2023
Hajmi169.77 Kb.
#1628118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4 sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishda

Bilim olish – Asosiy dalillarni qidirish va topish, xotirada saqlay olish, tavsiflash, tanish, qayta jonlantirish, nomini aytish, izlanish, tuzi-lishini bilish va ko‘rsatish kabilar orqali amalga oshadi.
Tushunish – qayta so‘zlash, mohiyatini tushunish, tushuntirish, tasvirlash va boshqacha usulda hamda boshqacha so‘zlar bilan ta’riflay olish natijasida erishiladi.
Ishlatish (qo‘llash) – olingan bilimni boshqa sharoitlarda qo‘l-lash (ishlatish, yechish, tajriba o‘tkazish, qo‘llash, kuzatish, oldindan bashorat qilish, biror-bir muammoni hal qilish)ni o‘z ichiga qamrab oladi.
Tahlil (Analiz) – tushunchalar orasidagi asosiy munosabatlarni aniqlash va ularning mohiyatini tushunish – soha materialini (bilimni, hodisani, mashinani, ma’lumotni) tashkil etuvchilarga (tarkibiy qism-larga) bo‘lib chiqish va ularning har birining vazifasini tushunib chi-qish. Oddiydan murakkabga va murakkabdan oddiyga yo‘nalishida tah-lil qila olish (qismlar orasidagi munosabatlarni aniqlash, bir-biriga ulash, birlashtirish, bo‘lib chiqish, turkumlarga ajratish, guruhlarga ajratish, umumiy qonuniyatlarni topish, toifalarga bo‘lib chiqish).
Sintez – yangi narsani (bilimni, predmetni, mashinani) uning bir qancha qismlaridan (bo‘laklaridan) va ularning xossalaridan foyda-langan holda tashkil qilish (tuzish, konstruksiya yig‘ish, kombina-siyalash, yangi fikr yaratish, yangi farazlarni taklif qilish), ularni sinashni amalga oshirish va natija asosida yangilarini mavjudlariga ra-qobatchi sifatida ishlab chiqish.
Baholasherishilgan natijani aniqlash, qaror qabul qilish yoki yechim topish (baholash jarayonini amalga oshirish, hal qilish, sabab va oqibat zanjiridagi aloqalarini aniqlash, toifalarga bo‘lish va ularni aniq-lash).
Ushbu qo‘llanmada ta’lim sohasidagi jahon adabiyotida mavjud bo‘lgan va atroflicha o‘rganilgan hamda ko‘pchilik ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan real hayotga tatbiq qilinib, qoniqarli natijalar olingan xuddi shu yoki shunga o‘xshash usullarga, maslahatlarga va ko‘rsatmalarga tayanildi. Ularni hayotga tatbiq qilish yo‘llari va usullarini olingan ha-yotiy tajribalar asosida baholi qudrat yoritildi. Chunki bizning istak va talabimizga umuman bog‘liq bo‘lmagan holda Blumning bu usuli hozir-cha mag‘ribda ham, mashriqda ham bilim olishning (berishning, o‘z-lashtirishning) eng yaxshi usullaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Download 169.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling