4-sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishda interfaol metodlardan foydalanish Reja: Kirish


Masalaning berilgan shartiga savol qo’yish va berilgan savolni o’zgartirish


Download 169.77 Kb.
bet5/16
Sana20.06.2023
Hajmi169.77 Kb.
#1628118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4 sinfda ko’paytirish va bo’lishga doir misol va masalalar yechishda

Masalaning berilgan shartiga savol qo’yish va berilgan savolni o’zgartirish

Bunday mashqlar berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga yordam beradi, chunki bunda bolalar ma’lum berilgan sonlar bo’yicha nimalarni bilish mumkinligi o’zlashtiradilar. Masalan: ,,Bitta qutida 48 ta qalam, 2-qutida esa 12 ta qalam bor. O’quvchlar quyidagi savollarni qo’yishlari mumkin: Bir qutida ikkinchi qutiga qaraganda nechta ko’p (kam) qalam bor? Ikkala qutida nechta qalam bor? Ikkala qutida baravar qalam bo’lishi uchun biridan ikkinchisiga nechta qalamni olib solish kerak? Va hokazo amal bilan yechiladigan bo’lsin, yoki tezlik haqida, bahor haqida va hokazo so’ralsin yoki masalada ko`rsatilgan amal bilan yechilsin. Ba’zi masalarni yechib bo’fgandan so’ng, bolarga masala sazolini o’zgartirishai taklif qilish foydalidir.

  1. Berilgan savol bo’yicha masala shartini tuzish

Bunday mashiqlarni bajara yotganda o’quvchilar izlanayotgan sonni topish uchun qanday berilgan sonlarga ega bo’lishi kerakligini aniqlaydilar. Bu ham berilgan son va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga olib keladi. Masalani savoli quyidagicha bo’lgan masala shartini tuzish haqida topshiriq berilsin 2ta bochkada necha chelak suv bor. Bolalar masala shartida har bir bochkada necha chelak suv borligi yoki bochkalarni birida suvli chelak soni va birinchi hamda ikkinchi bochkada suvli chelak sonining ayirmasi yoki munosabati berilishi mumkinligini aniqlaydilar. Tuzilgan masalalarning har birini bolalar mustaqil yechadilar.

  1. Sonli ma’lumotlarni tanlash yoki ularni o’zgartirish

Bunday mashqlar asosan o’quvchilarni real miqdorli munosabatlar bilan tanishtirish maqsadida hizmat qiladi. Masalan, bolalarga berilgan sonlari umuman tushurib qoldirilgan masala teksti to’liq beriladi. ,,Bir xil … ta ko’ylakka … metr material ketdi. … metr shunday materialdan nechta shunday ko’ylak tikish mumkin? o’quvchilar qanday sonli ma’lumotlarni birdaniga qo’yish mumkinligini aniqlaydilar. Ko’ylaklar sonini birdaniga berish mumkin, sarf qilingan material metrlari soni esa hisoblash yo’li bilan topiladi. Bu masalaga kiritilmagan yana 1 son bitta ko’ylakka sarf qilingan material metrlari soni ko’zda tutiladi. Ba’zi sonli ma’lumotlarni boshqalari bilan almashtirishga doir mashqlar alohida qiziqish tug’diradi, bunda masala qandaydir boshqa usul bilan yechilishi kerak.

4. O’xshash masala tuzish


Bir xil matematik strukturaga ega bo’lgan masalalar o’xshash masalalar deyiladi. O’xshash masalalarni o’quvchilar tomonidan tuzilishi turli hayotiy vaziyatlarda berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi umumiy bog’lanishlarni aniqlashga yordam beradi. O’xshash masalalarni berilgan tayyor masalani yechib bo’lgandan so’ng, tuzish kerak, shu bilan birga bunda iloji bo’lganda masalaning faqat syujeti va sonlarini emas balki kattaliklarni ham o’zgartirish lozim taklif etish lozim. Masalan, agar 3-sinf o’quvchilari baho, miqdor, jami pul kabi kattaliklarga doir masalani yechishgan bo’lsa, endi unga o’xshash masalani lekin, boshqa kattaliklar tezlik, vaqt, masofa bilan berish kerak.

Download 169.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling