5-blokni beshinchi mashq turi bo‘yicha to‘siqlar orasidan zigzagsimon yugurish mahoratini oshirish uchun haftaning dushanba, chorshanba, juma kunlarining birinchi yarimida bir oyoqda o‘tirib turish mashqi 1-2 daqiqadan, 3-4 seriya, 3-4 marta takrorlansa, shu qatorda katta-katta qadamlar bilan yugurish 1-2 daqiqadan, 3-4 seriya, 3-4 marotaba takrorlansa, o‘tirib yurish va sakrash 1-2 daqiqadan, 3-4 seriya, 3-4 marotaba bajarish tartibiga qat’iy rioya etib olib borilsa, mazkur mashqlar tartibi 5 oydan keyin, to‘siqlar orasidan zigzaksimon yugurish vaqtining 35-45 soniyaga yaxshilanishiga olib keladi.
Mazkur mashg‘ulot dasturi umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchi-yigitlarning armiya safida hizmat qilishga tayyorlash uchun tuzilgan bo‘lsa-da, unda berilgan mashq turlarini bajarishdagi tayanch nuqtalarni ko‘paytirish va ko‘tarilayotgan yuk hajmini kamaytirish, shu bilan birga, bosib o‘tilayotgan masofa uzunligini qisqartirish yoki uni bajarish uchun ajratilgan vaqtni uzaytirish orqali o‘quvchi qizlarning ham jismoniy sifat ko‘rsatkichlari darajalarini oshirishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |