4 Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan


Download 212.45 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi212.45 Kb.
#1429627
Bog'liq
Texnik ijodkorlik











4) Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan:

  • o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo‘lish;

  • texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish;

  • kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish;

  • texnik ijodkorlik ob’ektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish;

  • mustaqil ravishda texnik ob’ektlarni va ularning modellarini loyihalay olish;

  • texnik ijodkorlik bo‘yicha sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish;

  • respublikada o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatini hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqboli to‘g‘risida tushunchalar;

  • texnik ijodkorlik to‘garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik ob’ektlarni ilmiy asosda tanlay olish;

  • to‘garaklarni o‘quv moddiy-texnika bazasini tashkil qila olish;

  • o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishning ilmiy asoslarini bilish kerak.

  • Odatdagi tushunchaga ko‘ra ijod ozchilik kishilarning, buyuk san’at asarlarini, yangi mashinalarni, dastgohlar va hokazolarni yaratadigan iste’dodli odamlarning qismatidir.

  • Lekin ijod buyuk asarlar yaratishdan iboratgina emas, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o‘ylab topishi, ozgina bo‘lsa-da, qandaydir yangilik yaratishi ham ijoddir.

  • Ijod jarayoniga tasodif sifatida emas, balki muayyan qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi jarayon sifatida qarash lozim.

  • O‘quvchining ijodkorligi, avval, uning har qanday faoliyat jarayonidagi: o‘ziga xos usul bilan masala еchish, insho yozish, tajriba ishlari, mehnat darslari va hokazolardagi mustaqil fikrlashida namoyon bo‘lishi lozim.

  • O‘quvchining ijodi uning olgan bilimlarini hayotda ko‘rgan dalil va hodisalarga bog‘lay olishi, ularni to‘g‘ri baholab, dastlabki ma’lumotlarni tahlil va sintez qila bilishidir.



5) Texnik ijodkorligida yangi еchimlarni ishlab chiqishdan, to rasmiylashtirishgacha bo‘lgan davrni amalga oshirishda, undagi jarayonlarning muhimligi, murakkabligi va ahamiyatiga bog‘liq holda fikrlash jarayoni turli davrlarda amalga oshadi.
Bu o‘rinda eng katta qiyinchiliklar aniq, haqiqatdan mavjud buyum va ko‘rsatkichlardan abstrakt, yaratilajak mavhum modellarga o‘tish va nazariy tajriba-sinov ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘ladi.
Talabalardagi umumpedagogik bilim va ko‘nikmalarni reproduktiv, reproduktiv-ijodiy, ijodiy-reproduktiv va ijodiy darajalarga bo‘lib ko‘rsatadi.
Texnik ijodkorligi g‘oyalarini amalga oshirishning fikrlash faoliyati produktiv va reproduktiv xususiyatlari almashinuviga bog‘liq bo‘lgan 4 ta davrga bo’linadi.

  • Birinchi davrda fikrlash faoliyati produktiv xususiyatga ega bo‘ladi, bunda mavjud muammoni anglash, idrok qilish, еchimini topishga ehtiyoj sezish jarayoni boradi.

  • Ikkinchi davr - muammo еchimini topishga o‘tiladi. Bu davrning davomiyligi ham izlanuvchi bazaviy bilimi, tajribasi, dunyoqarashi kengligi, qidirilayotgan еchimning izlanuvchi mutaxassisligiga bog‘liq bo‘lib, unda qaralayotgan muammoning еchimi bo‘lib xizmat qila oladigan holatlar tahlil qilinadi.

  • Uchinchi - produktiv davrda hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo va tanlangan еchim o‘zaro bog‘lanadi va texnik еchim konsepsiyasi taklif qilinadi. U ixtironi amalga oshirishning eng mas’uliyatli davri bo‘lib, uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi taklif etilayotgan g‘oyaning ijtimoiy bahosini shakllantirishga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi.

  • To‘rtinchi, reproduktiv davrda taklif etilayotgan еchimni asoslash uchun hisoblash va tajriba-sinov ishlari bajarilib, texnik еchimni ishlab chiqishning uchinchi davrida amalga oshirilgan ishlarning natijasi nazariy va amaliy isbotlab beriladi.

Download 212.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling