4-variant Savollar: Жамиятнинг тузилиши. Жамият ҳаётининг асосий соҳалари
Download 20.43 Kb.
|
Jo'rayeva Xumora
- Bu sahifa navigatsiya:
- Тараққиётнинг универсал қонунлари: инкорни инкор қонуни. Javoblar: 1.
248-guruh talabasi Jo’rayeva Xumoraning falsafa fanidan oraliq nazorat ishi 4-variant Savollar: Жамиятнинг тузилиши. Жамият ҳаётининг асосий соҳалари. Суқротнинг ахлоқий қарашлари. Тараққиётнинг универсал қонунлари: инкорни инкор қонуни. Javoblar: 1. Jamiyat — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va ma’naviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi. Insonlar faoliyati va ular o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar Jamiyatning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bular ishlab chiqarish, oilaviy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, estetik faoliyatlari va ularga moye keluvchi munosabatlardir. Jamiyat moddiy ishlab chiqarishsiz bo’lmaydi. Unda insonlarning oziq-ovqat, kiyimkechak, uy-joy va boshqaga bo’lgan ehtiyojlari qondiriladi. Jamiyatda jamiyatning tabiat bilan o’zaro ta’siri namoyon bo’ladi. Odamlar o’zining moddiy ishlab chiqarish faoliyatida irodasi va ongiga bog’liq bo’lmagan holda ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadi. Jamiyat taraqqiyoti tabiiy-tarixiy, qonuniy jarayondir. Moddiy ishlab chiqarish J.ning ijtimoiy tuzilishi, ya’ni muayyan ijtimoiy qatlam, toifa va guruhlarning rivojlanishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Jamiyatda turli qatlam va toifalarning mavjudligi mehnat taqsimoti, shuningdek, ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan mulkchilik munosabatlari, jamiyatda yaratilgan moddiy boyliklardan oladigan ulushiga bog’liq. Bular Jamiyatdagi kishilarning faoliyati hamda daromadigaqarab turli kasbiy va ijtimoii guruhlarga ajralishining negizidir. Jamiyat hayoti iqtisodiy,ijtimoiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy sohalarga ajraladi. Iqtisodiy soha moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishni o’z ichiga oladi. Unda mamlakatning xo’jalik hayoti tashkil etiladi, uning turli tarmoqlarining o’zaro bog’likligi hamda xalqaro iqtisodiy hamkorlik amalga oshiriladi Bu J. taraqqiyoti uchun eng asosiy sohadir. Ijtimoiy soha J.dagi ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, toifalar hamda milliy birliklar, ularning ijtimoiy hayoti va faoliyatini uyg’unlashtiradi (qarang Ijtimoiy guruhlar). Siyosiy soha turli ijtimoiy toifa va guruhlar, milliy birliklar, siyosiy partiyalar va harakatlar, jamoat tashkilotlarning o’z siyosiy faoliyatini amalga oshiruvchi makondir. Ularning faoliyati Jamiyatdagi o’rnatilgan siyosiy munosabatlar asosida o’z siyosiy manfaatlarini amalga oshirishga qaratiladi (qarang Jamiyatning siyosiy tizimi). Ma’naviy sohada kishilar turli ma’naviy qadriyatlarni yaratadi, tarqatadi va Jamiyatning turli qatlamlari tomonidan o’zlashtiriladi. Bu soxaga adabiyot, san’at, musiqa asarlari bilan birqatorda kishilarning bilim saviyasi, fan, axloqiy me’yor va umuman olganda, Jamiyat hayotining ma’naviy mazmunini tashkil qiluvchi narsalar kiradi. Hozir O’zbekistonda Jamiyat taraqqiyotining eng asosiy muammosi insonlarning , ayniqsa yosh avlodningma’naviy dunyosini shakllantirish va boyitish, ularni istiqlol mafkurasi asosida tarbiyalash, o’zbek xalqining boy madaniy va ma’naviy merosi, qadriyatlari,an’analari va urf-odatlarini egallashlari uchun shart-sharoit yaratishdir. 2. Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469 —Afina — 399) — yunon faylasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tug’ilib o’sgan. O’z ta’limotini og’zaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. Sofistlarta qarshi kurashish va yoshlarni tarbiyalashni o’z oldiga maksad qilib qo’ygan. Atrofiga ko’plab iqtidorlitalabalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy va boshqalar) Afinademokratiyasiga qarshi kayfiyatda bo’lgan. S.ni demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. Aslida u boshqaruvning hamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan bo’lsa, tanqid qilgan. S. ta’limotidagi tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan.Buning natijasida S. yoshlarni yo’ldan adashtirganlik, fuqarolik me’yorlarinibuzganlik hamda "yangi xudolarga sajda qilish"da ayblanib, sudga berilgan va o’limjazosiga hukm qilingan. Bu hukmturmada S.ga zahar ichirish yo’li bilan ijroetilgan. S.ning falsafiy ta’limoti to’g’risidagi ma’lumotlarni unga zamondosh va shogird bo’lgan Ksenofont, Platon, keyinroq Aristotel yozib qoldirgan. S. faqirona kun kechirib, doimo eski liboslarda, oyoq yalang yurardi. Uning turmush tarzi ham, so’zlari va suhbatlari ham odamlarda katta qiziqish uyg’otardi. Faylasuf ko’p vaqtini odam gavjum maydonlarda, xiyobonlarda o’tkazgan. O’zining suhbatidan bahramand bo’lish niyatida yurganistalgan kishi bilan savoljavob qilgan. Ushbu muloqotlarning uslubi va harakteriPlatonning suhbat tarzida yozilgan asarlarida o’z ifodasini topgan. Suqrot. o’z falsafiy tadqiqotlariga axloqiy masalalarni asos qilib olgan. U olamning kelib chiqishi va tuzilishini o’rganish zaruratini rad etib, bu masalalarni yechishga inson tafakkuri qodir emas deb hisoblagan. Suqrot. ta’limoti ga ko’ra, falsafaning maqsadi o’z-o’zini bilishbo’lib, bu esa chin ezgulikka erishish yo’lidir; ezgulik — bilim yoki donolikdir. S. insonda 1dan, o’rta miyonalik, mo’tadillik (ya’ni. ehtiroslarni jilovlay bilish)ni, 2-dan,dovyuraklik (ya’ni, xavfxatarni yenga bilish)ni, 3dan, adolat (ya’ni, ilohiy va insoniy qonunqoidalarga rioya eta bilish)ni eng asosiy ezgulik va yaxshilik belgisi deb hisoblagan. Zamondoshlari va shogirdlarining guvoxlik berishicha, S. o’zining chuqur dialektik fikrlashi, ya’ni predmetga oid nomukammal tushunchalardagi ziddiyatlarni ochishorqali o’sha predmetni bilish sari yetaklay olish san’ati, induktiv ta’limotdan foydalanish mahorati bilan katta taassurot uyg’otgan. S. ta’lim-tarbiya amaliyotidagi har qanday aqidaparastlikni qattiq qoraladi. Ta’limning ma’ruza o’qish shaklidan voz kechib, suhbat va munozaralar orqali haqiqatni izlab topishni asosiy uslubga aylantirdi. U barcha mavjud nuqtai nazarlarning hech biriga qo’shilmay turib, ularni tanqidiy asosda muhokama qilishga intilgan. Ped.da majburlashdan, zo’ravonlikdan voz kechish tarafdoribo’lgan. Uningcha, bilim berishning yagona vositasi — ishontirishdir. S. nomi keyingi davrlar uchun donishmand timsoli bo’lib qolgan. 3. Inkorni inkor qonuni – dialektikannnt asosiy qonunlaridan biri. Tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyoti jarayonining yo’nalishini, shaklini va natijasini ifodalaydi. Birinchi bo’lib Gegel rivojlanish qonuni sifatida ta’riflab bergan. Inkor har qanday taraqqiyotda muqar-rar va qonuniyatli ravishda sodir bo’ladigan jarayon (moment)dir. Hech bir sohada o’zining ilgarigi mavjudlik shakllarini inkor qilmaydigan taraq-qiyot bo’lmaydi. Gegel fikricha, "ichki inkor" taraqqiyotning harakatlanti-ruvchi kuchidir. Dialektik inkorning obyektiv harakteri shundaki, u har bir narsa va hodisaning o’z ichida, ularning ichki zaruriyatidan kelib chiqadi va har qanday yemirilish va yo’q bo’lish (inkor)ni ifodalamay, balki taraq-qiyot uchun zamin bo’lib xizmat qiladigan inkorni ifodalaydi. Bu qonunning ikki marta takrorlanuvchi inkorda (inkorni inkor) ifodalanishi narsa va hodisalarning doimiy ravishda o’zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o’tishi va oqibatda rivojlanishi uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi. Har bir mavjud bo’lgan narsa va hodi-sa o’zigacha bo’lgan narsa va hodisaning inkor etilishining mahsuli, ayni vaktda shu narsa va hodisalarning o’zi ham sharoitning o’zgarishi va vaqtning o’tishi bilan dialektik inkoretilishga mahkumdir. Har bir narsa va hodisaning o’zgarishi qo’shaloq, ya’ni hami-sha ikki yoki undan ko’proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning tugallovchi halqasida, ikkinchi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi ba’zi belgilari qayta tiklanadi (don — o’simlik va yana don). Boshlang’ich shaklni inkor qilgan narsa yana inkor etilganligi sababli qo’shaloq inkor mazkur boshlang’ich shakldagi ba’zi tomonlarga xos belgilarning qayta tiklanishiga olib keladi. Inkorni inkorning mohiyatini ilgarilama harakat va vorislikning uzviy birligidan iborat, deb ta’riflash mumkin. Inkorni inkor tufayli taraqqiyot to’g’ri chiziq shakliga emas, balki doira shakliga ega bo’lib, bu doirada oxirgi nuqta boshlang’ich nuq-taga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv yuqori asosda sodir bo’lishi tufayli taraqqiyot burama (spiral) shaklga ega bo’ladi. Bu buramaning har bir doira-si, aylanmasi yuqoriroq taraqqiyot holatini bildiradi, shu ma’noda taraqqiyotning dialektik nazariyasida "buramasimon" so’zi ishlatiladi. Ko’pincha inkorni inkor jarayonini "tezis"(taraqqiyotning boshlang’ich nuqtasi), "antitezis" (birinchi inkor) va "sintez" (inkorni inkor) shaklida ifodalab, taraqqiyotning mohiyatini ana shu uchlikda deb tushuntiradilar. Inkorni inkor jarayonida oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga qarab boruvchi rivojlanish sodir bo’ladi Download 20.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling