417-guruh bitiruvchisiJaloldinova Gulnozaning “Masalani matematik modellashtirish orqali mustaqil fikrlashga o`rgatish”


O’quvchilarniegallaganbilimlarinimustahkamlashvatakomillashtirish, o’quvva ko’nikmalarni faollashtirish


Download 0.87 Mb.
bet6/23
Sana24.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1061776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
masalani matematik modellashtirish orqali mustaqil fikrlashga orgatish

O’quvchilarniegallaganbilimlarinimustahkamlashvatakomillashtirish, o’quvva ko’nikmalarni faollashtirish.
O‘rganilgan materialni mustahkamlash, qabul qilish va idrok etish
jarayonida ro‘y beradi. Biroq bunday o‘zlashtirilgan bilimlar bundan keyingi takomillashtirishni talab etadi. Mustahkamlashning mohiyati yangi materialni qabul qilishda hosil bo‘lgan yangi aloqalarni mustahkamlashdadir. Yangi bilimlarni mustahkamlash jarayonida dastlabki uquv va ko‘nikmalar shakllanadi, ular mustaqil ishlar orqali tekshiriladi. Ularni o‘zlashtirish jarayonida aniqlangan kamchiliklarning oqibati tugatiladi. O‘zlashtirilgan materialni mustahkamlash asosan ijodiy xususiyatli mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Materialni mustahkamlash bo‘yicha dastlabki mashqlar asosan jamoa holida, bevosita o‘qituvchi rahbarligida bajariladi. Mashqlar boshida ancha kuchli o‘quvchilar tomonidan bajariladi. Bu, boshqalar yangi materialni yana bir bor idrok etishlari uchun qilinadi. Biroq agar yangi material mazmunan ancha soda bo‘lsa, uni mustahkamlashni darhol boshlash mumkin.
O‘quv materialini mustahkamlash jarayonida uni esda olib qolish ham
ro‘y beradi. O‘quv jarayonida esda olib qolish ixtiyorisiz va ixtiyoriy bo‘ladi. Bilimlarni ixtiyorsiz esda olib qolish bevosita qabul qilish chog‘ida va xususan, o‘quv materialini idrok qilish jarayonida amalga oshiriladi, biroq bu faoliyat hali esda olib qolishga maxsus yo‘naltirilmagan, balki tushunish, idrok etish va o‘quv materialini anglash kabi bilish maqsadlariga erishishni ko‘zda tutadi.
Ixtiyorsiz esda olib qolishning mahsuldorligi o‘quvchi yangi materialni ko‘rib chiqishi jarayonida muayyan aqliy faoliyat va mustaqillikni namoyon etib tayoqchalar, rasmli kartochkalarni jamlab, figuralar modelini yaratib, o‘rganilayotgan materialni qiyoslab, guruhlab, xulosalar chiqargandagina yuqoridir. Masalan, o‘quvchilar ko‘pburchak bilan tanishuvda o‘qituvchi rahbarligida eng avvalo, ko‘pburchak (uchburchak, to‘rtburchak va boshqalar) modelini ixtiyoriy shakldagi qog‘oz varog‘ini bukish yo‘li bilan yaratadi. Ularhosilqilingan ko‘pburchakmodelidanfoydalanganholdafiguralarbelgilariniajratadi,ularniqiyoslay divatasniflaydi.
Ixtiyorsiz esda olib qolish boshlang‘ich sinflardagi o‘quv jarayonida katta o‘rin tutadi. Biroq o‘quv jarayonini faqat ixtiyoriy esda saqlashdan foydalangan holda tashkil etib bo‘lmaydi. O‘quv jarayonida ularda ixtiyoriy esda saqlashni faollashtirish zarur, ma‘lumki, u maxsus tashkilqilingan faoliyatda amalga oshiriladi. Bunda esda saqlash, o‘quv materialini yodlash muammosi etakchilik qiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling