46Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga bitadi. Ushbu gapda


Download 28.86 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi28.86 Kb.
#246711
  1   2   3
Bog'liq
14 02 2021 1 гую


46Ozuqa zaxiralarimizning hammasi ertaga bitadi.
Ushbu gapda bitmoq so‘zi qaysi ma’noda
qo‘llangan?
A)tugamoq, tamom bo‘lmoq
B)yozuv orqali ifodalamoq
C)o‘sib-unmoq
D)et unib, birikib tuzalmoq

  1. Qaysi javobdagi asar Alisher Navoiy qalamiga
    mansub?
    A) “Mezon ul-avzon” B) “Gulshani davlat”
    C) “Saodat ul-iqbol” D) “Mubayyin al-zakot”
    48 "O‘tkan kunlar" romanida Kumushga soxta
    taloq xatini olib borgan qahramon ismini
    toping.
    A) To‘ybeka B) Homid C) Sodiq
    D) Jannat

49 Tobe qismi sodda yasama fe’l bilan ifodalangan
otli birikma qatnashgan gapni aniqlang.
A)Uning qo‘ng‘iroq sochlariga tegishib o‘tgan
o‘ynoqi shabada husniga husn qo‘shar edi.
B)Mashhur shoirlarimizning hayoti va ijodini
o‘rganish asosiy vazifamizdir.
C)Sportchimiz og‘ir jarohatlangani tufayli
keyingi musobaqalarga kela olmadi.
D)Dalada rohatlanayotgan bolakaylarga havas
bilan boqdi.


50 Bu asarda 400 ga yaqin maqol, matal, naql va
15 dan ortiq katta-kichik masal va hikoyat
mavjud. Bu muallifning xalq hayoti, turmush
tarzi, an’ana va marosimlari, og‘zaki va yozma
adabiyotini chuqur bilganidan dalolat beradi.
Ushbu ma’lumot qaysi asar haqida?
A)“Zarbulmasal” (Gulxaniy)
B)“Hayrat ul-abror” (Navoiy)
C)“Qisasi Rabg‘uziy” (Rabg‘uziy)
D)“Qutadg‘u bilig” (Yusuf Xos Hojib)
51 Qaysi qatorda Abayning dostonlari berilgan?
A)"Iskandar", "Mas’ud", "Azim rivoyati"
B)"Boy bolasi bilan kambag‘al bolasi",
"Nasihatlar", "Maxzan ul-asror"
C)"Matla’ ul-anvor", "O‘lan", "Nasihatlar"
D)"Sho‘rlik qozog‘im", "Ilm o‘rgan", "Salomon
va Absol"

52 Kampirning “o‘lsam merosxo‘rim deb” yurgan,


tutingan o‘g‘li podshoga bandi bo‘ladi.
Kampirning avvalgi alamlaridan bunisi ortiqroq
bo‘ladi. U tutingan o‘g‘lini qutqarish uchun
astoydil harakat qiladi. Kampir
yig‘lab-emranib Aynoq kalning oldiga boradi.
Ushbu parchada qaysi doston voqeasi bayoni
berilgan?
A) “Alpomish” B) “Kuntug‘mish”
C) “Oygul bilan Baxtiyor” D) “Ravshan”
53. Qaysi javobda asosi omonim bo‘lgan yasama
so‘z berilgan?
A) tomizmoq B) oqimtir C) yashirin
D) bo‘ydor
54 Qaysi gapda tire tinish belgisini tushirib
qoldirish bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi?
A)Tinchlik farovon hayot manbayi.
B)Shuni bilingki, mehmondo‘stlik o‘zbek
xalqining ezgu fazilati.
C)Tilga ixtiyorsiz elga e’tiborsiz.
D)Bildi ota foydasizdir kurashmoq.
55 Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat bilan
ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan?
A)U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan
kamgap, lekin qaysargina bir bola edi.
B)Og‘ir jarohat tufayli qiynalayotgan yigitga
doktor tezda yordam ko‘rsatdi.
C)Derazaning ochiq tabaqasidan mayin shamol
kirib turardi.
D)Shogirdim Aminjon, o‘zi yosh bo‘lsa ham,
juda pishiq, og‘ir, g‘ayratli.


56 Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan
foydalanilmagan?
A)Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni
sog‘indim,
Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni
sog‘indim.
B)Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar,
Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar.
C)Orzu qildim: "Tutarmen", - deb visoli
domanin,
Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat.
D)Mumkin o‘lsa ko‘rmog‘im, ey sarvi ra’no,
surating,
Aylasa chashmim aro mardum kabi jo
surating.
57,
Qaysi javobda ma’noli qismlari asos + lug‘aviy
shakl yasovchi + so‘z yasovchi + sintaktik shakl
yasovchi tartibida joylashgan ot turkumiga oid
so‘z qatnashgan?
A)Ko‘z-ko‘z qilma, ko‘z tegar, Maqtanchoqqa
so‘z tegar.
B)Qishloqdagi do‘konlarda oziq-ovqat
mahsulotlari, kiyim-kechak va hattoki
yoqilg‘i sotiladi.
C)Qizg‘anchiqdan sen saxovat kutma.
D)Abbos, parta ustidagi o‘chirg‘ichni menga
uzatib yuborgin.
58. U Farg‘ona shahrida temiryo‘lchi oilasida
dunyoga keldi. Oilada uchinchi farzand bo‘lgan
. . . endigina 11 yoshga to‘lganida otasi vafot
etadi. O‘n ikki yetim bolani boqib katta qilish
oson ish emas edi. . . . balog‘at yoshiga
yetguncha bolalar uyida tarbiya topadi, o‘qiydi.
U Toshkentga kelib, jurnalistlar tayyorlaydigan
kurslarga o‘qishga kiradi, gazeta tahririyatida
ishlaydi.
Ushbu parchada qaysi ijodkor haqida ma’lumot
berilgan?
A) Erkin Vohidov B) Abdulla Qahhor
C) Turob To‘la D) Asqad Muxtor
59
“Mutafakkir adib saxovat va himmatni
insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, u
daraxtning foydali mevasi deb ataydi. Asarda
oliyhimmat kishilarni balandparvoz lochinga,
behimmat kimsalarni esa sichqon ovlovchi
kalxatga o‘xshatadi”.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Gulxaniy B) Alisher Navoiy
C) Yusuf Xos Hojib D) Abay

60. Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z
hisoblanadi?
1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat;
5) chunki; 6) biroq.
A) 3, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 4, 5
D) 2, 3, 6
61. Qaysi javobdagi ma’lumot “Muzqaymoq”
hikoyasi haqida emas?
A)Hikoyada Egamberdi Yoqubovning oilasiga
SAKUda birga o‘qigan o‘rtoqlari mehmonga
kelishi tasviri uchraydi.
B)Hikoyada do‘stining handalak yeb turganini
ko‘rgan bola otasidan handalak olib berishini
iltimos qiladi.
C)Hikoyada shahar komsomol qo‘mitasining
kotibi bolani “Ha, qashqirdan tug‘ilgan
qashqircha!” deb haqoratlaydi.
D)Hikoyada tintuv o‘tkazayotgan kapitanlardan
biri bolani Pavlik Morozovga o‘xshatadi.



Download 28.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling