Ishonch ongning bilimga qarama-qarshi tomonidir. Bilim odamga ishonch bag‘ishlaydi, uni e’tiqodli qiladi, ishonch esa, garchi bilimning ko‘rinishi bo‘lmasa-da, e’tiqodning oliy darajasi sifatida namoѐn bo‘ladi.
Bilishda xaqiqat va amaliyot uyg‘unligi
Dunѐni bilish – bu nafaqat nazariy, balki haѐtiy, amaliy jaraѐndir. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, insoniyatning amaliyoti – bu insoniyatning tabiatni ongli ravishda va maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatidir, bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan birga qaralgan mehnat jaraѐnidir. Amaliѐt – bu voqelikni insoniyat oldida turgan maqsadlarga muvofiq tarzda uzluksiz o‘zgartirish jaraѐnidir. Agar jamiyatda biron-bir amaliy ehtiѐj paydo bo‘lsa, bu bilish jaraѐniga o‘nlab universitetlarga qaraganda ko‘proq asos bo‘ladi, chunki amaliѐt ehtiѐjlari ilmiy bilishning o‘zini olg‘a siljitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |