4–mavzu: bilish nazariyasi yunalishlari asosiy muommolari gnoseologiya (emistemologiya)ning mazmuni va mohiyati Gnoseologiya


Hissiy bilishdan keyingi bosqich ratsional bilishdir, abstrakt-mantiqiy tafakkurdir. Ratsional bilishning asosiy shakli tushunchadir. Tushuncha


Download 23.91 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi23.91 Kb.
#1586071
1   2   3   4
Bog'liq
4-MAVZU TARQATMA

Hissiy bilishdan keyingi bosqich ratsional bilishdir, abstrakt-mantiqiy tafakkurdir. Ratsional bilishning asosiy shakli tushunchadir. Tushuncha – bu tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish natijasidir, dunѐni o‘rganish yakunidir. Hukm tafakkurning shunday shakliki, unda inson narsani uning aloqalari va munosabatlarida ifodalaydi. Gnoseologik nuqtai nazardan, hukm – bu biron bir narsani tasdiqlash ѐki inkor etish yo‘li bilan voqelikni aks ettirish shaklidir. Aqliy xulosaning, mantiqiy natijaning chinakam to‘g‘ri bo‘lishi uchun ikki shart zarur. Birinchisi: mantiq ilmida asoslar deb atalgan dastlabki hukmlar haqiqiy bo‘lmog‘i, ya’ni voqelikka mos kelmog‘i lozim. Ikkinchisi: boshlang‘ich asoslardan aqliy xulosa chiqarish jaraѐnining o‘zi mantiq ilmining qonunlariga muvofiq to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.
Insonning g‘ayrishuuriy bilish faoliyati intuitiv bilish nomini oldi, intuitsiyaning o‘zi esa - bu bilish ob’ektining muayyan sharoitda boshqacha yo‘l bilan asoslab berish mumkin bo‘lmagan xossalarini bevosita, g‘ayrimantiqiy tarzda xaqiqat deb bilishdir.
Bilishning bosh vazifasi xaqiqat izlashdir. Xaqiqat masalasi butun bilish nazariyasining eng muhim vazifasidir. Faylasuflar orasida xaqiqat va uning bilishdagi roli to‘g‘risida yagona fikr yo‘q.
Xaqiqat, bu – bizning dunѐ to‘g‘risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning dunѐning o‘ziga, ob’ektiv reallikka muvofiq kelishidir.
Ong-tafakkur va borlikning birligi
Ong – falsafaning sub’ektiv reallikni ifodalovchi g‘oyat keng kategoriyasidir; odamning, uning miyasi va psixikasining tashqi dunѐni ideal aks ettirishidir; insonning ma’naviy dunѐsidir, o‘zining dunѐda borligini anglab yetishidir; uning tashqi dunѐga munosabatidir.
Ong muammosi – bu psixologik, fiziologik va sotsial holatlarning o‘zaro nisbati, munosabati masalasidir: agar inson aqli materiya evolyutsiyasining natijasi bo‘lsa, fikr fikrlovchi materiyaning, inson bosh miyasining, miya katta yarim sharining oliy xossasidir.
Ongning kelib chiqishi muammosi bo‘yicha quyidagi falsafiy-nazariy ѐndashuvlar tarixan tarkib topdi.

Download 23.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling