4–mavzu: bilish nazariyasi yunalishlari asosiy muommolari gnoseologiya (emistemologiya)ning mazmuni va mohiyati Gnoseologiya


Download 23.91 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi23.91 Kb.
#1586071
1   2   3   4
Bog'liq
4-MAVZU TARQATMA

Diniy yondashuv. Diniy nuqtai nazardan ong (jon) Xudo tomonidan yaratilgandir, ya’ni u ilohiy xilqatdir.
Idealistik yondashuv. Idealizm ideal narsaning, ruhiy mohiyatning moddiy voqelikdan tashqarida va ungacha mavjud bo‘lganligini e’tirof etadi.
Materialistik yondashuv. Materializm doirasida ham ongning kelib chiqishiga turlicha ѐndashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Ongga, birbutun bog‘langan tizim sifatida, uning sezgi, fikr, emotsiya, iroda va xotira kabi ajralmas elementlari kiradi.
Sezgi. Inson sezgilari tashqi dunѐ haqidagi axborotlarni asosiy yetkazib beruvchilardir. Ko‘rib, ushlab, hidlab, eshitib va ta’mga qarab sezishlar sub’ektga dunѐni bilishga, o‘zini qiziqtirgan ob’ektni topishga, u turgan joyni aniqlashga, uning rangi, hidi, ta’mi, qattiq ѐ yumshoqligi, xarorati va boshqa sifatlari haqida axborot olishga imkon beradi.
Idrok – sub’ektning axborotni qayta ishlashida sezgidan keyingi bosqichdir. Bu bosqich davomida ob’ekt, uning zamon va makoniy tavsifi yaxlit holda anglab olinadi va ideal obraz unga taalluqli moddiy ob’ektning o‘zi bilan, ya’ni idrok ob’ektining o‘zi bilan taqqoslanadi.
Emotsiya. Ong tuzilishining emotsional komponenti hodisalar va voqealarga ijobiy ѐki salbiy munosabat (umid, quvonch, qo‘rquv, umidsizlik va sh.k.) ѐki loqaydlikni keltirib chiqaradi.
Irodaning ishtirokisiz ong hech bir ish qilolmaydi, iroda odamning xattiharakatini tartibga solib turadi, uni istalgan maqsadga erishishga yo‘naltiradi.
Xotira - kishining ѐki kishilik jamiyatining o‘zining ѐki o‘zganing o‘tgan zamondagi faoliyatini hozirgi zamonda saqlab qolish va tiklash laѐqatidir.
Tafakkur odamning dunѐqarashini, uning dunѐni his qilishi va idrok etishini, odamning o‘z borlig‘iga, o‘z qilmishlariga, orzu-umidlariga o‘zi bergan bahoni doimo kengaytirib boradi.
Ong muayyan shakllarda, ya’ni fikr, shubha, e’tiqod, bilim va ishonch shakllarida mavjud bo‘lib, bular «ongning epistemik shakllari (grekcha episteme – bilim) nomini olgan.
Kishining ѐki kishilar guruhining fikri ularning u ѐki bu masala bo‘yicha nuqtai nazarlarini bildiradi va sub’ektning haѐt yo‘liga, dunѐni his qilishga, dunѐqarashiga asoslangan.
Shubha shunday ma’lumotlarni, axborotlarni o‘z ichiga oladiki, ularning haqiqiyligi, ishonchliligi va foydaliligiga sub’ekt oxirigacha ishonmaydi, unda shu ma’lumotlar to‘g‘risida qat’iy fikr va bilim bo‘lmaydi.
Shaxsning sub’ektiv e’tiqodi negizida quyidagi sabablar ѐtadi: muayyan ma’lumotlar, axborotlar va faktlarni isbotsiz, aksiomatik tarzda ishonchli deb qabul qilish hamda hamma tomonidan e’tirof etilgan fikrlarni va obro‘li, hurmatli shaxslarning fikrlarini tanqid va tahlilsiz qabul qilish.
Bilim dunѐning sub’ektga ma’lum bo‘lgan, uning tomonidan o‘rganilgan va bilib olingan ob’ektiv xossalari va aloqalarining ideal ifodasidir.

Download 23.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling